O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə127/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Mehnat darslarining tiplari.
Har bir aniq dars oldiga qoyiladigan asosiy ta`limiy vazifaga qarab darsning tarkibi va ayrim bosqichlarining vazifasi o’zgarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ustaxonalardagi darslarni bir necha tipga bo’lish mumkin.
Mehnat darslari asosiy tiplarini qaraymiz.

  1. Tinglovchi yangi bilimlarni egallaydigan darslar.

Bu tipdagi darslarga kirish mashg’ulotlari, shuningdek, asosiy ta`limiy vazifasi tinglovchiga nazariy ma`lumotlar berish, ularda ba`zi tushunchalarni shakllantirishdan iborat boshqa o’quv temalariga doir (masalan, «Po’latning asosiy sortlari va markalari», «Detallar va mexanizmlar» temalari boyicha o’tiladigan) darslar kiradi.
Tinglovchining yangi bilimlarni egallaydigan darslarda yangi materialni bayon qilish asosiy o’rin oladi.
2. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darslari.
Bunday darslar ustaxonalarda ko’proq o’tkaziladi. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darsining asosiy bosqichi tinglovchining mustaqil ishlaridan iborat bo’ladi. Buyumlarni tayyorlash va yig’ishda anna shunday darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki ko’nikma va malakalarni shakllantirishga bag’ishlangan darslar bilan ularni mustahkamlashga bag’ishlangan , ya`ni takrorlash mashqlariga bag’ishlangan darslarning farqini bilish kerak. Har qanday texnologik operatsiyani amalda o’rganish tinglovchini mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu usullar avval tinglovchi tomonidan o’quv mashqlari sifatida, keyin esa ma`lum detallarni tayyorlash protsessida bajariladi.
3. Bilimlarni amalda qo’llash darslari. Har qanday amaliy ishni ham tegishli bilimlarni qo’llamay bajarib bo’lmaydi. Ammo shunday hollar g’am bo’ladiki, unda bilimlarni qo’llash o’qituvchining e`tibori qaratilgan asosiy ta`limiy vazifa bo’lib qoladi.
4.Takrorlash darsi. Tinglovchining yangi materialni o’zlashtirish va mustahkamlashga tayyorligini tekshirishga qaratilgan takrorlash gramma tipdagi darslarda qo’llanadi. Takrorlash o’qituvchiga darsning asosiy ta`limiy vazifasini bajarishda yordam beradigan muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ammo ba`zan takrorlashning o’zi darsning markazida turadi. Bunday dars yakunlovchi mashg’ulot bo’ladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin