O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə124/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Mehnat ta`limi yo’nalishlari. Mehnat ta`limi uning materiallari asosida o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ta`limi mavzuini quyidagi beshta yo’nalishlarga bo’linadi:
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi.
Metallga ishlov berish texnologiyasi.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi.
Pazandachilik asoslari.
Qishloq xo’jaligi asoslari yo’nalishlari belgilangan.
Mehnat ta`limining DTSlari va davlat dasturlarida ta`kidlanganiga binoan maktabning hududiy ehtiyojiga tayanib mehnat ta`limini boshqa yo’nalishlar bo’yicha tashkil etish mumkinligi belgilangan.
Ushbu har bir mehnat yo’nalishlari xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo’naltirish bilan uzviy bog`lanib yakunlanadi.
Umumiy o’rta ta`lim muassasalari o’quv rejasida mehnat ta`limining o’rni. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining o’quv rejasida mehnat ta`limi o’quv faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo’lib 408 soat vaqt ajratilgan.
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog`ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo’jalik asoslari, badiiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yo’nalishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlari ko’zda tutilgan.
5-7 sinflarda o’quvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan yuqorida ko’rsatilgan o’quv kurslari o’quvchilarda milliy madaniyat va an`analarga mehr-muhabbat uyg`otadi. 8-9 sinflarda qayd etilgan har bir mehnat ta`limi yo’nalishlariga xos ishlab chiqarish asoslari hamda ularning mazmunida mavjud kasb-hunarlarga yo’naltirish kursi ta`lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini kengaytiradi, kasb-hunar ta`limi yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko’maklashadi.

Amaliy mashg‘ulot № 3

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin