Darsni kuzatuvchi qanday dars turlari borligini bilishi lozim Ular quyidagilar:
Aralash dars.
Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi.
O’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash darsi.
Umumlashtirish qo’llash darsi. va sistemalashtirish darsi.
Amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish darsi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darslari.
Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va amaliyotga
Dars-o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.
Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Darsni kuzatishga tayyorgarlik.
Darsning borishini kuzatish.
3.O’z-o’zini tahlil qilishni ta’minlash. Dars tahlili va takliflar berish.
Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 1.Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik:
kerakli materiallarni tayyorlash, o’qituvchi bilan suhbatlashish.
2. Darsning maqsadlarini tahlil qilishda: - o’quv fani va mavzuning o’ziga xos tomonlari, o’quvchilar yoshi va bilim darajasini e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining o’rinli va asosli qoyilganligi;
- o’quvchilarning tayyorgarligi o’rganilayotgan mavzu boyicha darslar tizimidagi aynan shu darsni o’rganilishi hisobga olgan holda maqsad qoyilishining to’g’riligi va asoslanishi;
- dars asosiy g’oyasining to’g’ri qoyilishi va o’quvchilarga dars maqsadining yetkazilishi, maqsadga erishish darajasi.