O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə45/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

O’quv dasturi. O’quvdasturi har bir fan bo’yicha alohida-alohida tegishli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, o’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadi. O’quv dasturlarini ishlab chiqishga ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va vazirlikning yetakchi xodimlari, umumta’lim maktablari yetakchi o’qituvchilari jalb qilinadi. O’quv dasturlari davlat hujjatlari bo’lib, bularni bajarish har bir maktab, mehnat ta’limi o’qituvchi uchun majburiydir.
Mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish bo’yicha o’quv dasturi har bir sinfda yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarni qanday bilim va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligi, bu malakalar bilan qurollantirish uchun qanday ish obektlari tanlash mumkinligi, ularni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnik-texnologik ma’lumotlar hajmi va izchilligi, ularni qanday bo’limlarga ajratib o’rganish kerakligi, shuningdek, har bir bo’limni o’rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori ko’rsatilgan bo’ladi.
Mehnat ta’limining yo’nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. har bir maktabda mehnat ta’limining quyidagi yo’nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:

  • Texnologiya va dizayn

  • Servis xizmati

  • Qishloq xo’jalik asoslari

Ushbu ta’lim yo’nalishlari mazmunan xalqhunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo’naltirish bilan uyg’unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat ta’limiyo’nalishlari bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish ketma – ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir yo’nalish bo’yicha ishlatiladigan elektr, ilg’or texnika va texnologiyalar asoslari o’rgatiladi.
Mazkur yo’nalishlar yuzasidan quyidagi bo’limlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi:
1-4 sinflar uchun:
1.Qog’oz va karton bilan ishlash.
2. Gazmol va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Plastilin va loy ishi.
4. Turli materiallar bilan ishlash.
5. Badiiy qurish-yasash.
5-7 sinflar uchun:
1. Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi.
2. Metallga ishlov berish texnologiyasi.
3. Uy-ro’zg’or buyumlarni ta’mirlash.
4. Elektrotexnika ishlari.
8-9 sinflar uchun:
1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
2. Ishlab chiqarish asoslari.
3. Kasbga yo’naltirish asoslari.
O’quvchilarga mehnat ta’limi yo’nalishlari bo’yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida o’quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo’lsa, moddiy texnik va kadrlar ta’minoti etarli bo’lsa mehnat ta’limi darslari shu sinflardagi o’quvchilarni ikki guruhga bo’lgan holda olib boriladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin