O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


-Mavzu: “Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə48/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

16-Mavzu: “Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar
Reja:

  1. Pazandachilik asoslari (oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar va moslamalar, taom tayyorlash texnologiyasi).

  2. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (materialshunoslik, asbob-uskunalar va moslamalar, mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi).

  3. Buyumlarini ta'mirlash.


Tayanch iboralar: Pazandachilik asoslari, oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar va moslamalar, taom tayyorlash texnologiyasi, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, materialshunoslik, mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi, kasb tanlashga yo’llash


Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo’limi: o’quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o’rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do’ppido’zlik, zardo’zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o’yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo’nalishlari asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Pazandachilik asoslari bo’limi: o’quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va andolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning inson hayotidagi o’rni, xususiyatlari, to’yimliligi, turlari, ovqatlanish meyori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo’llarini o’rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiena hamda mehnat xavfsizlik texnikasi qoidalarini; uy-ro’zg’or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg’armasi, uni sarflash madaniyati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin