O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash bo’limi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə50/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash bo’limi: o’quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari, kichik ta’mirlash; oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari; xona va fanlar bo’yicha o’quv kabinetlarida mebel va qo’shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda yeskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr yenergiyasi, issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo’mraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan bog’liq kasb-hunarlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.
8-9-sinf kasbiy tayyorgarlikkacha bo’lgan tayyorgarlik mazmuni. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorgarlik.
8-9 sinflar uchun:
1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
2. Ishlab chiqarish asoslari.
3. Kasbga yo’naltirish asoslari.
o’quvchilar mehnat ta’limi faniga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart:

  • mehnat jarayoni haqida dunyoqarashga ega bo’lish;

  • umummehnat bilim, ko’nikma va malakalariga ega bo’lish;

  • kasb-hunarlar haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish;

  • xalq xo’jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari to’g’risida bilimlarga ega bo’lishi;

  • turli materiallarga boshlang’ich badiiy ishlov berish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • milliy mehnat an’analari, urf-odatlarini bilish;

  • buyumni texnologik xaritasini tayyorlash ko’nikmalariga ega bo’lish;

Mazkur Davlat ta’lim standartida umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o’quvchilarning mehnat va kasb tanlashga tayyorgarlik darajasining meyorlari ifodalanadi.
Ushbu standart umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi fanidan o’quv dasturi, darslik, qo’llanma va boshqa rasmiy meyoriy materiallarni ishlab chiqish, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun asos sifatida xizmat qiladigan meyoriy hujjatdir.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin