Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo’yicha ko’rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo’nalishi bo’yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg’unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: o’zbekistondagi ishlab chiqarish turlarini, o’zbekiston xalq xo’jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o’zaro munosabati, bir-biriga bog’liqligini, texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg’or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, masulotlarga birinchi va ikkinchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo’nalishlari, tartibi va standartlarini, mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko’p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo’lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo’llanilgan xomashyo, ijodiy g’oya va dizayn yechimlarini asoslashni bilish.
Kasb tanlashga yo’llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta’rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo’yilgan talablarni, o’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo’nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini bilish.
4 modul. Texnologiya fani darslarini rejalashtirish.
17 - Mavzu:Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi xujjatlar
Reja:
Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.
Taqvimiy mavzuli reja.
Dars rejasi va uning konspekti.
Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar.
O'quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar ro’yxati.
Fanlarning o'zaro bog'lanish jadvali.
Dostları ilə paylaş: |