O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


-Mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisining darsga va



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə56/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

18-Mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisining darsga va
o’quv yiliga tayyorgarligi
Reja:

  1. Texnologiya fani o’qituvchisining darsga, o’quv yiliga tayyorgarligi va kasbkorlik sifatlari.

  2. Asbob-uskunalarni ishga sozlash.

  3. Xom ashyo va namuna tayyorlash.

  4. Ko'rgazmali qurollar, texnik vositalar.

  5. O’qituvchining shaxsiy fazilatlari.



Tayanch iboralar: Texnologiya fani. Dars. O’quv yiliga tayyorgarlik. Kasb. Kasbkorlik sifatlari.Asbob-uskunalar. Sozlash. Ko'rgazmali qurollar, texnik vositalar. Shaxsiy fazilatlar. Texnologik xarita


O’quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro’yxati..Har bir sinf uchun ish obektlarini ro’yxatini tuzish. Bu xujjatni mehnat ta’limi o’qituvchilari birgalikda tuzadilar. Bu ro’yxatni tuzishda o’quv ustaxonalarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan ishlab chiqarish mahsulotlari ( detallar, turli xil buyumlar, qurilmalarini montaj qilish, uskunalarni tuzatish) va o’rgatiladigan kasblar yo’nalishlar asosida ro’yxat tuzayotganda o’quv-tarbiya ishlar mazmuni hisobga olinadi. Ta’limning mazmuni mashina va mexanizmlar, apparatlar va shu kabilarga xizmat qilishdan iborat bo’lgan kasblar uchun, shuningdek bevosita korxonalarda, turli hil mexnat jamoalarida, transport yoki boshqa tashkilotlarda ishlab chiqarish ta’limi o’tkazilayotganda o’quv ishlab chiqarish ishlari ro’yxatida o’quvchilar kasb o’rganadigan ish yoki obektlarining umumiy xususiyati hamda har bir mavzu yoki dasturning bo’limi bo’yicha bajariladigan ishlarning nomi ko’rsatiladi.
O’quv-ishlab chiqarish ishlari ro’yxatini tuzishning asosini – o’quvchilar kasb bo’yicha zarur ko’nikma va malakalarni o’zlashtiradigan ish obektlarini tanlashdan iborat. o’quv ishlab chiqarish ishlarini tanlashda quyidagi talablarga amal qilish zarur:
o’quv-ishlab chiqarish ishlari tanlangan yo’nalishga xos bo’lishiga;
o’quv-ishlab chiqarish ishlari bajarilayotganida o’quvchilar egallaydigan ko’nikma va malakalar o’quv dasturi bo’yicha o’rganiladigan bilim amaliy ko’nikma va malakalari mos bo’lishi;
ishlar murakkablik, aniqlik va ularning sifatiga nisbatan boshqa texnikaviy talablar darajasi bo’yicha o’quvchilarining ta’limning mazkur bosqichida egallagan kasb mahorati va ularning texnik bilimlari darajasiga muvofiq bo’lishi;
tanlanadigan o’quv - ishlab chiqarish ishlari mavzudan mavzuga o’tib borgan sari asta-sekin murakkablashib borishi;
tanlanadigan o’quv-ishlab chiqarish ishlari shakli, konfiguratsiya, materiallari, xajmi, texnik talablari, bajarishda qo’llanidigan usullar, sarflanadigan vaqt va hokazolar bo’yicha xilma-xil bo’lishi kerak. Bu esa ishlarning turli usullari, operatsiyalari va harakatlarini bajarishda kasb ko’nikmalari va malakalarining keng doirasini shakllantirish imkonini beradi.
O’quv-ishlab chiqarish ishlari tayanch koxonalarning buyurtmalaridan, shuningdek uskunalarni remont qilish, o’quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalar va moslamalarning, o’quv yurtining xonalari va laboratoriyalari uchun ko’rgazmali qurollari va jixozlarni tayyorlash sohasidagi ishlardan tanlab olinadi. O’quv-ishlab chiqarish ishlari ro’yxatiga nisbatan eng muhim umumiy talablardan biri - uning barqaror bo’lishidir. Bu narsa o’quv ustaxonalarining o’quv-moddiy texnik bazasini vujudga keltirish va mustahkamlashda, ishlab chiqarish uchun zarur yo’l – yo’riqlar beruvchi va texnologik hujjatlar bilan ta’minlashda yordam beradi. Ta’limningboshlang’ich davrida o’quv-ishlab chiqarish ishlarini ish usullari bo’yicha bajarishni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Bunda o’quvchilar avval muayyan mahsulot buyumni tayyorlashda muayyan ish turini muayyan ish usulini o’rganadilar, so’ngra mahsulot chala fabrikat sifatida navbatdagi ish usulini o’rganish boshlangunga qadar saqlab qo’yiladi. Bu usul o’quv yurti ichki ishlab - chiqarishda ham foydalaniladi, bunda birinchi kurs o’quvchilari ta’limining mazkur davrida o’rganayotgan ish usullarinigina bajaradilar, ikkinchi kurs o’quvchilari yoki o’quv yurtining otaliq karxonasidagi ishchilar esa murakkabroq, yakunlovchi ish usullarini bajaradilar. Bunday ishlab - chiqarish o’quv yurti bilan uning otalik korxonasi o’rtasida ham bo’lishi mumkin.
O’quv-ishlab chiqarish ishlari ro’yxatini ishlab chiqishda guruh ishlab chiqarish faoliyatiga ajratilgan o’quv vaqtining umumiy fondi va o’quv dasturiga muvofiq muayyan davr uchun ishlab chiqarish ta’limiga ajratilgan vaqtning umumiy miqdoriga asoslaniladi. O’quv-ishlab chiqarish ishlari ro’yxatiga kiritilgan buyumlarni tayyorlashga ketadign vaqt o’quv dasturiga muvofiq muayyan davr
O’quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro’yxati yarim yilga yoki bir yilga mo’ljallab tuziladi.Uni ishlab chiqishda usta, mexnat ta’lim o’qituvchilari qatnashadi. Har bir 5-7sinfning yo’nalishlar bo’yicha fan dasturini o’rganib chiqib va ularga asoslangan xolda o’quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro’yxati tuzib chiqiladi.
O’quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro’yxati kalendar tematik rejaga qo’shimcha ravishda tuziladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin