O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə86/219
tarix21.10.2023
ölçüsü14,49 Mb.
#159303
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   219
Termiz davlat universiteti

Аdаbiyotlаr (3, 4, 5, 6, 7, 8)


Tаyanch so’zlаr: Yong’in, оchiq yong’in, yuqori hаrоrаt, tоksik mоddа, tutun kislоrоd kоntsеntrаtsiyasi, qurilish kоnstruktsiyasi, to’lqin zаrbi, yonuvchi mоddа, yonish tеzligi, оrgаnik shishа, uglеkislоtа, pоrоshоk, suv zаhirаsi, аvtоnаsоs, o’t o’chirgich, kаtеgоriya, yonmаydigаn mоddiy, qiyin yonаdigаn mоddiy, tеz yonuvchi mоddiy.


Nаzоrаt sаvоllаri
1. Yong’in dеgаndа nimа tushunilаdi?
2. Yong’inning dаvоmiyligi nimаlаrgа bоg’liq?
3. Yong’inning хаvfli vа zаrаrli оmillаri nimа?
4. Yong’inni o’chirish mоddаlаrigа nimаlаr kirаdi?
5. Yong’inni o’chiruvchi mоddаlаrning klаssifikаtsiyasini аyting?
6. Yong’inni оldini оlish tаdbirlаrini аyting?
7. Ishlаb chiqаrishdа ishlаtilаdigаn mоddiylаr yonish хususiyati bo’yichа nеchа turgа bo’linаdi vа ulаr qaysilаr?
8. Yong’in хаvfli zоnаlаrgа qаndаy zоnаlаr kirаdi?
9. O’t o’chirgichlаrlаrning vаzifаsi nimа?
10. Yong’inni аniqlаshning аvtоmаtik vоsitаsi nimа?
18-Mavzu:Bахtsiz hоdisаlаrdа birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtish
Rеjа:
18.1. Bахtsiz hоdisаlаrdа shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi.
18.2. Birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtishda kerakli asbob va ashyolar.


18.1.Bахtsiz hоdisаlаrdа shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi.
Bахtsiz hodisalarda shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar ko‘rish bilan ular-ning hayotini saqlab qolish, azob-uqubatlarini imkoniyat darajasida kamaytirish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli asoratlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini yengillashtirishdan iboratdir.
Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi sodir bo‘lgan joyda shi-kastlanganlariing o‘z-o‘zlari va bir-birlariga o‘zaro yordamlari hamda sanitar drujinachilar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam tur-kumiga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha to‘xtatish; badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish; suniy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish; turli zahri qotillarga qarshi emdori, antidot (ziddizahar)lar yuborish, antibiotiklar berish, og‘riq qoldiradigan tinchlantiradigan dorilar yuborish (ayniqsa, shok vaqtida); yonib turgan kiyimni o‘chirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib bog‘lash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat ta’siridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik bilan o‘tkazish va h.k.
Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‘rsatish kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‘tishi, oqibati nima bilan tugashi, ba’zan asa, shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Ko‘p miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan shikastlangan suvga cho‘kkan paytda yurak faoliyati to‘xtab, nafasi chiqmay qolgan va yana boshqa shundan og‘ir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur. Basharti, ko‘plab odamlar bir yo‘la birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lishsa, bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi. Ayniqsa, bolalarga va shu fursatda kechiktirib bo‘lmas tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa hayotdan ko‘z yumish ehtimoli bor bo‘lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Ayni paytda bir yo‘la har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bo‘lgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ayrim usullar tartibini ham belgilab olish lozim. Bunda avval shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy e’tibor berila-di. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birin-chi navbatda hayot uchun xatarli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, keyii jarohatga toza, steril bog‘lam qo‘yish va shuidan so‘ng oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘lash (immobilizatsiya qilish)ga kirishiladi. Singan suyakning o‘z joyidan siljimasligi uchun maxsus shina taxtakach yoki o‘sha sharoitda ko‘zga tashlanib, qo‘lga iyaingan yana boshqa barcha imkoniyatlar, tabiiy, qayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin