Davlat ta’lim standartlarining vazifalari - ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
- ta’limga va uning pirovard natijalariga ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish;
- xalqning boy ma’naviy me’rosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish ;
- ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash ;
- o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayonining uzluksiz axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash ;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish:
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
Ta’limning standartlashtiriladigan turlari:DTS-ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi:
- Umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim;
- O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari);
- oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura).
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.