O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti fizika va matematika fakultеti «Algebra va geometriya» kafеdrasi
Chiziqli algebra va analitik geometriya
60530900 –Fizika ta`lim yo`nalishi 1-kurs talabalari uchun fanidan « DETERMINANT VA UNING XOSSALARI» mavzusida tayyorlangan 2 (ikki) soatlik ochiq dars ma’ruzasi
Termiz-2022 A N N O T A T S I Y A Mazkur 2 (ikki) soatlik ochiq dars ma’ruzasi «Chiziqli algebra va analitik geometriya» fanidan “Detirminanatlar va ularning xossalari” mavzusida 60530900-Fizika ta'limi: fizika yo`nalishi 1-kurs talabalariga mo`ljallab tuzilgan.
Ushbu ochiq dars ma`ruza mavzusi DTS talablaridan kelib chiqib, o`quv rejasi va dasturi asosida tuzilgan. Tavsiya etilayotgan 2 (ikki) soatlik ochiq dars ma’ruza mavzusining maqsadi ta`lim sifatini boshqarish orqali talabalarning yangi tushuncha va dunyoqarashlarini, fikrlash doirasini boyitish hamda ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`rganish asosida ularda o`quv, bilish faoliyatiga ijobiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Tayyorlangan 2 (ikki) soatlik ochiq dars ma’ruza mavzusida talabalarning bilim va ko`nikmalarini baholash va mustahkamlashda zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan keng foydalanilgan bo`lib, undan 60530900-Fizika ta'limi yo`nalishlarida sohalar bo`yicha tahsil olayotgan talabalar amalda foydalanishlari mumkin.