O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə10/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Geshtalt psixologiya yo‘nalishi negizida maxsus ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlarning – interaksionizm va kognitivizmning paydo bo‘lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Bixeviorizm yo‘nalishlari doirasida o‘tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog‘liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko‘rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o‘yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar. Diada sharoitida tajribada o‘tkazilgan tadqiqotlarda asosan musahkamlash g‘oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli o‘laroq ijtimoiy-psixologik bixeviorislar hayvonlar o‘rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g‘oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to‘plangan dalillar modelini insonlarda qo‘llash hollari kuzatildi.
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar E.Fromm va J.Salliven ishlari bilan bog‘liq bixeviorislardan farqli o‘laroq bu еrda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko‘pchilik ishtirokida o‘tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V.Bayon, V.Bennis, G.Sheparde, V.Shutk) o‘tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o‘rganilayotgan kichik “T” guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy-psixologik treninglar o‘tkazishga asos solindi.
Kognitivizm. K.Levin nazariyasi asosida paydo bo‘lgan psixologik yo‘nalish bo‘lib, undagi o‘rganish obekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‘lgan kognetiv holatlar bo‘ldi. Kognitizm doirasida shunday mukammal, boshqalarga o‘xshamas nazariyalar yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Masalan, F.Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fesingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy g‘oya shundan iboratki, shaxs o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik tenglik bo‘lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishga harakat qiladi. Maqsad – turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, Rodjers va ularning safdoshlari gumanitsik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmoqdalar.
Navbatdagi nazariya interaksionizm bo‘lib, bu aslida sosiologik nazariya bo‘lib hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo‘lib, uning qarashlari ta’sirida T.Sarbinning rollar nazariyasi, G.Xaymen va R.Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F.Gofmanning ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllandi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy-psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qildilar. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o‘zaro ta’sir tizimida mavjud bo‘ladiki, unda u to‘g‘ri harakat qilish uchun o‘zgalarni tushunishga harakat qilishi, o‘zgalar rolini qabul qilishga tayyor bo‘lishi lozim. Lekin o‘zgalar rolini to‘g‘ri qabul qilish uchun unda “umumlashtirilgan o‘zga” obrazi bo‘lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo‘lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo‘lish jarayonida shakllanadn.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin