O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə7/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi: 1. Konkret faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o‘zi yashayotgan muhitga munosabatlari.
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin: 1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari-umumiy psixologiya, zoopsixologiya. 2. Kishilarga ta’sir etish, ularga ta’lim va tarbiya berish, psixik rivojlanishni boshqarish, ya’ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o‘rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya) 3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o‘rganuvchi psixologiya-mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi va h.

Hozirgi zamon psixologiya fani ko‘p tarmoqli fanlar sohasi bo‘lib o‘z ichiga 40dan ortiq nisbatan mustaqil tarmoqni oladi. Umumiy va ijtimoiy psixologiya boshqa psixologik fanlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Umuman psixologiya fan sifatida ikkita asosiy funksiyani bajaradi: fundamental fan sifatida u psixologiya nazariyasini ishlab chiqaradi, insonlar psixikasining individual va guruhiy hamda uning ayrim fenomenlarini qonuniyatlarini aniqlaydi; amaliy fan sifatida insonlarning kundalik va kasbiy faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi. Psixologik bilimlarning rivojlanish, bosqichlari.
Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotini quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi davrga- psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi. Bu davr er.avvalgi V1 asrdan 19 asrning 60 yillarigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davr 4 bosqichni o‘zida aks ettiradi.
1-bosqich: Eramizdan avvalgi V1 asrdan bizning eramizning V asrgacha bo‘lgan davr, bu davrda psixika haqidagi fikrlarning paydo bo‘lishi va ularning ma’lum nuqtai nazardan rivojlanish davrini o‘z ichiga oladi. Bu fikrlar va nuqtai nazarlar, bu bosqichda psixika asosan materializm va idealizm nuqtai nazardan hal qilingan. Bu davrga antik filosofiya vakillri eramizdan avvalgi VI asrdan I asrgacha antik vrachlarning olib borgan izlanishlari va ularning nuqtai nazarlari kiradi.

2-bosqich: eramizdan avvalgi V asrdan VIII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrdan jon haqidagi ta’limotning falsafada rivojlanishi va tibbiyot fanlarining yutuqlari bilan mustahkamlanishi, buning natijasida dastlabki metodologik asosni shakllanishi uchun dunyoqarashlarning vujudga kelishidir.


3-bosqich: XIV asrdan XVI asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Uyg‘onish davri, anatomo-fiziologik tadqiqotlarning vujudga kelishi, fan yutuqlari yordamida psixologiya ta’limotining rivojlanishi, xuddi mana shu davrda jon ta’limoti tushunchasi o‘rniga psixologiya termini vujudga kelishi.
4-bosqich: XVIII asrdan XIX asrning 60-yilarigacha, Ong haqidagi ta’limotning vujudga kelishi va psixologiyaning nazariy asoslarining shakllanishi, psixologiya dastlabki maktablarning vujudga kelishi.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin