O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə110/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Irodaviy akt va uning tuzilishi
Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlang‘ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o‘rtaga qo‘yilishidir.
Maqsad-kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir. Masalan, inson pedagogika universitetiga kirib o‘qishni zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib kelish zarurligini tushundi, deylik. Bularning hammasida kishining maqsadi o‘z- o‘zidan zohir bo‘layotganga o‘xshaydi, ba’zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi.
Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagini va zarur ishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin.
Xatti-harakatdan kutilgan maqsad turlicha ravshanlikda tasavvur etilishi mumkin. Maqsad qancha ravshan bo‘lsa, unga еtishish yo‘lidagi intilish ham shuncha muayyan bo‘ladi.
Maqsad ko‘zlash kishining avvalo shaxsiy (biologik va madaniy ruhiy) ehtiyojlariga bog‘liq. Ko‘pincha kishining maqsad ko‘zlashi va biron-bir narsaga intilishi tevarak-atrofdagi tabiiy vaziyatga, yoki xuddi shu paytda kishi yashayotgan jamiyatga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kishi qiyin ahvolga tushib qolsa, shu ahvolidan bir amallab qutilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Kishi shu vaziyatni ma’lum darajada o‘zgartirish, bir nimaga barham berish, bir nima qilish, bir nima ko‘rish va shu kabi maqsadni o‘z oldiga qo‘ya oladi. Kishi jamoat tartibini birov buzayotganligiga bevosita guvoh bo‘lishi va tartib buzuvchilarga qarshi kurash uchun shu onda qandaydir choralar ko‘rishni maqsad qilib qo‘yishi mumkin.
Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan maqsad tarzida hosil bo‘la qolmaydi. Ko‘ngildan kechayotgan ehtiyoj va intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin. Masalan, kelib chiqadigan ehtiyoj va intilishlar ba’zan istak tarzida ko‘ngildan kechadi-kishi hozirgi ahvoldan noroziligini his qilib turadi-yu, lekin qanday maqsadga еtishilayotganini, binobarin, shu maqsadga erishishga doir yo‘l-yo‘riqlarni aniq bilmaydi. Istak shunday holatki, bunda odam o‘ziga allanima kerakligini his qilib turadi-yu, bu narsani nima ekanligini aniqlab ololmaydi, ya’ni uni tasavvur qilolmaydi, fahmiga еtmaydi. Bunday odamning o‘zi ba’zan “menga bir narsa kerak, bir narsa еtishmayapti, ammo bu narsaning nima ekanligini o‘zim ham bilmayman” degan gapni ko‘ngildan o‘tkazadi. Boshqa kishilar to‘g‘risida ham: “nima istayotganini o‘zi bilmaydi” deymiz.
Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini bu maqsadga erishishning yo‘l-yo‘riqlarini anglab еtmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirish ham mumkin emas.
Ehtiyoj ko‘ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb ataladi. Ammo odam o‘z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga еtishish yo‘llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to‘la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba’zan zo‘r xayol surish bilan, ba’zan esa cheksiz orzu bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko‘ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari to‘lib-toshgan kishilar ham mavjud. Bu kishilar doimo xo‘rsinadilar, armon qiladilar, o‘zlarini ham tevarak-atrofdagi kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar ko‘pincha yaxshi orzular qilishadi-yu, amalda kam faoliyat ko‘rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko‘rsatishmaydi.
Harakat yo‘llari, usullari topilib odam ularni tasavvur qilayotgan ekan, demak ehtiyojni qondirishga intilish tamomila anglaniniladi, odamning tilak-havasi esa bir narsa bo‘lib qoladi. Bunday intilish holati ba’zan hoxish deb ataladi. Kishi biror ishni qilmoqchiman, falon ishni bajarmoqchiman, o‘qishga kirmoqchiman va hokazo deb gapirar ekan buning ma’nosi shuki, mazkur kishi o‘z intilishlarining maqsadini va shu maqsadga еtish vositalarini anglash, tasavvur qilish va bilish bilangina cheklanib qolmay, maqsadga еtish mumkinligini, ma’lum bir yo‘ldan ish ko‘rishga tayyorligini va qilinadigan harakatlarining oqibatini kam anglaydi.
Shunday kishilar borki, ularda muayyan tilak-havaslar tarzida tamomila anglanilgan intilishlar doimo katta o‘rin tutadi. Bunday kishilar o‘zlariga nimalar kerakligini, nimani hoxlayotganliklarini, nima ish qilmoqchiliklarini va uni qanday bajarish kerakligini hamisha biladilar. Bunday kishilar o‘z oldilariga hamisha aniq maqsad qo‘yadilar va shu maqsadga yarasha ish ko‘radilar. Bunday kishilarni ma’lum maqsadni ko‘zlaydigan kishilar deyiladi. Ma’lum maqsadni ko‘zlash kishining ijobiy sifatidir. Bu sifatni taraqqiy ettirish, irodani tarbiyalash va o‘z–o‘zini tarbiyalashning vazifalaridan biridir.
Har bir kishining anglab, bilib, ko‘ngildan kechiradigan ehtiyojlari ko‘p, uning vazifalari va intilishlari ham kam emas. Shuning uchun kishida xilma-xil maqsadlarda doimo zoxir bo‘lib turadi va bu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish istagi tug‘iladi. Har bir kishida amaliy va nazariy vazifalar vujudga kelib turadi va ana shu vazifalarni hal etish kerak bo‘ladi. Barovar amalga oshirib bo‘lmaydigan bir necha maqsad kelib chiqqanda, qanday bo‘lmasin faqat bittasini tanlab olib boshqa maqsadlarni qo‘yib turishga to‘g‘ri keladi. Qaysi maqsadni oldinroq, boshqasini esa keyinroq amalga oshirish masalasini hal qilishga to‘g‘ri keladi. Ba’zi maqsadlarni esa qo‘yib turishga to‘g‘ri keladi.
Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, kishi oldida bir-biriga zid keladigan bir nechta maqsad ko‘ndalang turadi va shu maqsadlardan birini tanlab olish shart bo‘ladi. Masalan, yigit yoki qiz maktabni tugatib, oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qisam, degan masalani hal etayotganda turli maqsadlar va ularga еtish yo‘llari degan maqsadlar o‘rtasida ichki qarama-qarshilik, ichki “kurash” ro‘y berishi mumkin.
Maqsad qo‘yish bilan bir vaqtda yoki undan keyin shu maqsadga qaysi yo‘l, usul va vositalar bilan еngish masalasi kelib chiqadi.
Kundalik turmushimizda yoki faoliyatimizda maqsad qo‘yish bilan birga uni amalga oshirish usullari darrov anglanadi. Shuning uchun bu еrda maqsad qo‘yish bilan to‘ppa-to‘g‘ri harakat boshlanib ketishi mumkin. Masalan, kishi qo‘liga qalam olishni hoxlasa, uni bemalol olishi mumkin, uxlagisi kelsa yotadi va hokazo. Oddiy ixtiyoriy harakatlar shu bilan ta’riflanadi. Ammo yangi maqsadlarni qo‘yishda o‘sha maqsad usullarini qidirib topish, tasavvur qilish va o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Bu еrda maqsad bitta bo‘lgani holda unga bir necha yo‘l va usul bilan еtishish mumkin. Qanday bo‘lmasin eng yaxshi yo‘l va usulni tanlab olishga to‘g‘ri keladi. Ayrim ixtiyoriy harakatlarning murakkabligi shular jumlasidan kelib chiqadi.
Bir necha maqsad ko‘ngilga kelib, shulardan biriga turli yo‘l va usullar bilan erishish mumkin bo‘lsa, kishi muayyan bir maqsadni tanlab olishi va shu maqsadga еtish uchun muayyan eng muvofiq yo‘lni tanlab olishi kerak. Shunga ko‘ra, ijtimoiy mehnat faoliyatda ham, kasb-korda ham, shaxsiy ishlarda ham, boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatda ham kishi o‘z intilishlarini va ixtiyoriy harakatlarini oldindan rejalashtiradi.
Rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat bo‘lib, aniq, muayyan va ravshan maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga еtish uchun eng to‘g‘ri usul va vositalarni qidirib topishdan iborat. Rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur bo‘lgan hamma harakatlar, mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va to‘siqlar hisobga olinadi, ish-harakat natijalariga dastlabki baho beriladi. Odam asosiy rejaga ega bo‘lgan bir qarorga kelishi, maqsadiga еtishishi mumkin.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin