O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


Harakat motivlari va motivlar kurashi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə111/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Harakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu maqsadga еtish uchun biron yo‘l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo‘llar bilan emas, balki mana shu yo‘llar bilan hal etishish kerak degan savolni ko‘ngildan o‘tkazadi. Maqsadni va unga еtish yo‘lini tanlash jarayonida unga ma’qul yoki noma’qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
Maqsadni va unga еtishish yo‘llarining ma’qulligi yoki noma’qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko‘rishni, yoki ish ko‘rmoqchi bo‘layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlar g‘ayri ixtiyoriy (irodadan tashqari) harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo‘ladi.
Inson irodaviy faoliyatining motivlari xilma-xildir, kishining intilishi va hohishlari qaysi ehtiyojlardan kelib chiqsa, avvalo shu ehtiyojlar ixtiyoriy motivlarga kiradi. Ma’lum maqsad va unga erishish yo‘llarini tanlash ko‘pincha biror ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bog‘liq. Kuchliroq ehtiyoj boshqa motivlar orasida kuchliroq motiv bo‘lishi mumkin.
Bir necha maqsad yoki ularga olib boruvchi bir necha yo‘l bo‘lgan taqdirda ularning ma’qul yoki noma’qul ekanligi chamalab ko‘riladi. Biron maqsad va bu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har qanday narsa harakatning motivi deb ataladi. “Motiv – deb yozadi I.P.Ivanov – kishi nima uchun o‘z oldiga boshqa bir maqsadni emas, balki aynan shu maqsadni qo‘yishi kerak, nima sababdan u o‘z maqsadiga erish- moq uchun boshqa bir yo‘llar bilan emas, balki xuddi shu yo‘l bilan harakat qilishi kerak degan savolga javobdir”.
Maqsad va unga erishish yo‘llarini tanlash jarayonida odatda tafakkur va hissiyot ishtirok etadi.
Tafakkur faoliyati (fikr qilish) bu еrda asosan har bir motivga “qarshi “yoki “tarafdor”likni muhokama qilib asoslashdan iborat bo‘ladi. Kishi motivlarni muhokama qilishda va asoslab berganda odatda ayni hodisa yuzasidan yoki o‘zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan ma’lum bir faktlardan tamoyil va qoidalardan foydalanadi. Motivni shu tariqa muhokama qilish va asoslab berish motivatsiyalash deb ataladi.
Maqsadni va unga erishish yo‘lini tanlash jarayonida hissiyot turtki rolini o‘ynaydi. Hissiyot ayrim tasavvur va motivlarni yorqin, jonli va jozibali qilib ko‘rsatadi. Hissiyot kishining intilishlarini faollashti-radi va susaytiradi, hissiyot biron maqsadni, biron harakat yo‘lini tanlab olishga turtki beradi.
Maqsadlarga, erishish yo‘llarini va vositalarini tanlash sharoiti ba’zan ichki kurash xarakteriga ega bo‘ladi, bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo‘lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Shuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi.
Motivlardan biri ko‘proq asosli, ikkinchisi kamroq asosli ekanligi ularning kurash jarayonida oydinlashib qoladi, ba’zi motivlar kuchliroq hissiyot bilan maydonga chiqsa, ba’zi motivlar sust hissiyot bilan maydonga chiqadi.
Ko‘pincha motivlar kurashi tafakkur (aql) bilan hissiyot o‘rtasidagi kurashdan iborat bo‘ladi. Odam ba’zan “ikkiga bo‘linib” qoladi: “Aql uni desa, hissiyot (ko‘ngil) buni deydi”.
Motivlar kurashi ba’zan har xil hislar o‘rtasidagi, masalan, burch hissi bilan unga zid bo‘lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o‘rtasidagi kurash tarzida boradi.
Bu motivlar ko‘pincha bir-biriga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, qarorga kelish va uni ijro etishni paysalga solib, iroda jarayonini susaytiradi. Motivlarning bunday kurashida kishida ichki konflikt holati vujudga keladi.
Ana shunday ichki ziddiyat holati bu ziddiyatdan qutilishga intilishi bilan ko‘pincha shu zid holatidan qutilish yo‘lini еngillashtiruvchi yo‘llarni axtarish bilan bog‘langan bo‘ladi.
Ichki nizo holati g‘oyat ko‘ngilsiz noxush holat sifatida kechishini har kim o‘z tajribasidan biladi. Kishi dunyo va hayotni ravshan tasavvur qilgandagina ish va harakatlariga, ahloq qoidalariga amal qilgandagina uning shaxsiy motivlari jamiyat manfaatlariga qo‘shilib ketgandagina ichki nizo holatiga yo‘l qo‘ymasligi yoki undan qutilishi mumkin.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin