2. Inson shaxsining tarikb topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta’limot-Sotsiogenetik konsepsiya-qobliyatlarning taraqqiyotini, faqat tevarak-atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntiradi. Bu yo‘nalish o‘z zamonasi uchun ilg‘or hisoblangan XVIII fransuz olimi K. Gelvetsiy ta’limotidan boshlangan. K.Gelvetsiy ta’limotiga ko‘ra, barcha odamlar aqliy va ahloqiy rivojlanishi uchun tug‘ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. SHuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya odamlarning psixik, ruhiy, oqibatda ijtimoiy tengsizligi ularning tug‘ma xususiyatlari degan ta’limotga qarshi qaratilgan edi. Sotsiogenetik yondoshishga binoan, shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasigako‘ra, inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqligini dalillar asosida izohlab beradi. Ulardan,-birinchisi-inson tug‘ilib voyaga etadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri;
-ikkinchisi-odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim-tarbiyaning ta’siri;
-uchinchisi-odamga tug‘ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarni ta’siridir.
Ma’lumki, har bir odam o‘ziga xos, boshg‘alarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muhitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg‘ayadi, shakllanadi.
Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyondasi sifatida va nihoyat tashkil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo‘lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi.
Rivojlanish deganda odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir: