O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə146/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI
Reja:
2.1.Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.2.Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.
2.3. Psixik rivojlanishning davrlashtirish muammosi.
2.4. Yosh davrlarning psixoanaliz nazariyasidagi tasnifi haqida (Z.Freyd). psixik rivojlanishning yosh davri inqirozi misolida.


1. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari
Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli, ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir.
Inson-biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug‘ma ravishda tashkil topgan xususuyatlari (masalan, ko‘rish yoki eshitish sezgilari) ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub’ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning hulq-atvor (M,ahloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.
Xo‘sh, odam psixikasi va hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin. Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami?
Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning muammosi o‘z mohiyati jihatidan g‘oyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli oqimlar, yo‘nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetik konsepsiya, nazariya bo‘lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik konsepsiyadir.
Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan.
Bola psixik xususiyatlarinng tug‘ma tabiati haqidagi ta’limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta’limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo‘l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga etish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi. Ma’lumki, nasliy xususiyatlar tug‘ma yo‘l bilan nasldan-naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo‘lishiga qaramay, bu oqim namoyondalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari, ichki qonunlar asosida, ya’ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydilar.
Biogenetik ta’limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarining chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganligini, o‘quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so‘ng ta’lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish ularning aqliy iste’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda taqsil olishi zarur deb ta’kidlashadi.
Chunonchi, bu yo‘nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog e.Torndayk o‘quvchilarning «tabiiy kuchlari» va «tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning etakchi omili qilib ko‘rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning ta’siri-ikkinchi darajalaridir, deb aytadi.
Avtraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotinigina emas, balki ahloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta’kidlaydi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin