Mavzu yuzasidan nazorat savollari 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinining psixologik hususiyatlari
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishi
4.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi
5.Maktabga psixologik tayyorgarlik
KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: 1.Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi.
2.Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashish muammosi.
3.Kichik maktab yoshi davrida kognitiv-affektiv sohalaridagi rivojlanish xususiyatlari.
4.Kichik maktab yoshi davrida motivastion sohalardagi rivojlanish xususiyatlari.
5.Kichik maktab yoshidagi bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari.
1. Bolalarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha boshlang‘ich sinflarda o‘qishi yillariga to‘g‘ri keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalik davri tugadi. Maktabga kelish oldidin bola quyidagiga ko‘ra o‘z hayotini eng muhim davriga ya’ni maktab davriga tomonida qo‘yiladigan turli tuman talablarni bajarishga boshqacha qilib aytganda ta’lim olishga xali jismoniy ham psixologik jihatidan tayyor bo‘ladi. Bola rasm chizish mashg‘ulotlarida melg‘ yoki plastinkadan narsa yasash ishlarida va eng oddiy ko‘rish yasash mashg‘ulotlarida yaqqol namayon bo‘ladi. Bola o‘z diqqatini boshqarishda o‘z diqqatini mustaqil tashkil qilishida bir muncha tajriba xosil qilgan bo‘ladi. 7 yosh bolaning so‘z xonasi ham etarli darajada boy va mavhum tushunchalar miqdori ancha yuksak bo‘ladi. Bola eshitganlarini etarli darajda keng tushunadi. Mutaxxassislarning tadqiqogtlaridan ma’lum bo‘lishicha yaxshi tashkil qilingan ta’lim 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar tafakkurini rivojlantiradi. Ular sodda mashqlar va masalalarni tuza oladigan hamda echa oladigan bo‘ladilar. Ularda burch hissi va javobgarlik hissi endigina namayon bo‘la boshlaydi. 7 yoshli bola o‘z hissiyotlarini boshqarish tajribasini ega bo‘larningt hammasi maktab ta’limiga tayyorgarligi muhim shartlaridan biri yuqorida aytganlarining hammasi bolaning maktab psixologiyasi jihatidan tayyor ekanligi obhektiv tamoyillarga maquldir. Boshlang‘ich sinflarda pedagog ishlarni tashqil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik fiziologik hususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim.
D.N. Levitov to‘g‘ri qayd qilib o‘tganidek xech bir maktab yoshida salomatlik xolatiga va ijtimoy taraqqiyotiga kichik maktab yoshidagi maxkam bog‘liq bo‘lmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Bo‘yi va og‘irligi organizmning tiniqligi o‘pkasining hayotiy xajmi ancha tekis va propalg‘sional rivojlanadi
Psixolog L.S.Slavinaning ko‘rsatishicha boshlangich sinfda bilish faolligi еtarli darajada bo‘lmagan bolalar uchrashi mumkin.
Bunday bolalar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan bo‘ladilar. Bu rivojlanish ularning o‘yin va amaliy faoliyatlarida namayon bo‘ladi. Faol fikr qilish ular uchun harakterlidir. Bunday o‘quvchilariga o‘qituvchida aloxida diqqat bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi dastlabki paytlarda o‘quv vazifalarini bajarishni o‘yin va amaliy faoliyatni bilan bog‘lab olib borish kerak.
Muammoli savol: Kichik maktab yoshidagi bolalarning faoliyati yеtakchi faoliyati nimadan iborat?: Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning barcha o‘qish faoliyati qaxtiiy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o‘quvchilar o‘qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta xajmda bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaningsh bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nixoyat o‘qishga bo‘lgan yo‘nalish o‘qishga nisbatan maxsuliyatli munosabat o‘qishni yuksak omillarini topishi kerak. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning bilim jarayonlarini va ularning faoliyatida taraqqiy etishini harakterlab beramiz.