Tasavvurning rivojlanishi. Tasavvur qobiliyatining rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Dastlab yaratiluvchi obrazlar real ob’ektga yaqin tavsiflanadi (detallarga boy bo‘lmagan holda). Ikkinchi sinf oxiri, keyin esa uchinchi sinfda ikkinchi bosqich boshlanadi. Avvalo, alomatlar va tarkibiy qismlar miqdori sezi-larli tarzda oshadi.
Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur kichik maktab yoshida barcha mashg‘ulotlarda rivojlanadi. Kichik maktab o‘quvchilarining biror predmetning kelib chiqishi va qurilishi shart-sharoitini ko‘rsatishga harakat qilishi - ularda ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim psixologik asosdir.
Fikrlashning rivojlanishi. Kichik yoshdagi maktab o‘quv-chilari fikrlashining rivojlanishida ikki asosiy bosqich kuza-tiladi. Birinchi bosqichda (1-2-sinf) fikrlashda ko‘rgazmali-harakatlilik ustunlik qiladi, uni yana amaliy-harakatlilik yoki hissiylik deb ham atashadi. Bu bosqichda bolalarning narsalarni umumlashtirishi predmetlarning yaqqol belgilari ta’siri ostida ro‘y beradi. Fikrlash rivojlanishining ikkinchi bosqichi (3-sinf) o‘quvchilar tomonidan tushunchalarning alohida xususiyatlari orasidagi o‘zaro munosabatni bilib olish, ya’ni tasniflashga (masalan, «stol» – ot so‘z turkumi) bog‘liq. Bolalar o‘qituvchiga u yoki bu tasnifni qanday o‘zlashtirganliklari haqida hisob beradilar. Abstrakt, mavhum va nazariy fikrlash nisbatan murakkab fikrlash turining keyingi bosqichi bo‘lib hisoblanadi
Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning faoliyasiz o‘qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda ko‘rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday o‘quv predmetni chinakkam o‘zlashtirishi mumkin emas.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining hayoli uning o‘quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. Shuning bilan bir qatorda bevosita taxsurotlar (mo‘zey, vistavkalarning borib ko‘rish, kinokartinalarni ko‘rish, ekskursiyalarga borishh, maktab er uchastkasida ishlash va boshqalar) ham hayolni rivojlantiradi.