3. Harakter. Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo‘lgan harakterolg‘g‘ogik xatti-harakatlarni hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo‘lavermaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda harakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar harakteri, xatti-harakatlari o‘zining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi o‘tkinchi psixik xolatllarni xato rivishda hislatiga qo‘shib yuborish mumkin. N.D.Letovitov bu xatoga shunday bir misol keltiradi. 1-sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quvchi qizlaridan birini har qanday ishni oxirigacha etkaza oladigan, qiyinchiliklarni enga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. Biroq tajribali psixolog tomonidan o‘tkazilgan kuzatishdan bu hususiyat ma’lum sharoitdagina maydonga keladigan vaqtinchalik, ya’ni o‘tkinchi psixik xolat ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchi qizdagi xatti-harakatni ko‘rganda va dugonasining faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lganda namayon bo‘lgan muvaffaqiyatsizlik qizchani izdan chiqarib qo‘ygan.
Qiziqishlar.Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan bilishga bo‘lgan qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo‘lgan qiziqish ko‘proq bilimga bo‘lgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Psixologlarning tahkidlalariga qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg‘iz xodisalarga nisbatan qiziqishlar bo‘ladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini, xodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o‘quvchilarini «bu nima?» degen savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashqil bo‘lib qoladit. O‘qish malakasini rivojlanishi bilan kitob o‘qishga, qiziqarli bo‘lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o‘qishga, bundan ham so‘ngroq qiyin bo‘lmagan ilmiy fantastik va sargo‘zashtlar xaqidagi kitoblarni o‘qishga qiziqish paydo bo‘ladi. Texnikaga ayniqsa, xozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, oy stansiyalariga, lunaxodlarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo‘lgan qiziqish tez tarkib topadi. Qishloq maktablarining 3- 4- sinf o‘quvchilari qishloq xo‘jaligiga nisbatan sezilarli darajada o‘z qiziqishlarini namayon qila boshlaydilar. Shuning uchun o‘qituvchi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga nisbatan munosabatlarida qiziqishlar rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutish zarurdir. Yuqorida aytib o‘tilgandek xususan o‘qituvchining tegishli baxosi bilan aniqlanadigan bolaning o‘qishidagi o‘z muvaffaqiyatlarini, qo‘lga kiritgan yutuqlarini ichdan his qilish katta hususiyatga egadir.