O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə58/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

So‘z- mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so‘zma-so‘z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish, mantiqiy o‘rganish bo‘lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
So‘z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so‘z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo‘lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o‘zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo‘lgan harakat, his-tuyg‘u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so‘z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan еtakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa turlarning rivojlanishi so‘z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog‘liqdir. So‘z-mantiq xotirasining o‘sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko‘ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.
Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko‘pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo‘yiladi. Bu jarayon ma’lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo‘yilsa, esda olib qolishga еtaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini еchayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ymaymiz. Mazkur so‘z mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala еchishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday o‘rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat bo‘lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich o‘z tadqiqotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo‘llanilayotgan tilni tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning oqibatida uncha katta bo‘lmagan tadqiqot materiali 46 marta o‘qib berilganiga qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so‘ng u material bilan olti marta o‘qib, tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin