О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org
Stereotipizatsiya – grekcha o‘zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildirib, insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi yo‘lida muayyan shablondan foydalanishi. Stereotipizatsiya ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo‘li bilan xulk normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida noto‘g‘ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So‘ralgan 72 kishining 9 tasi agar insonning yuz tuzilishi kvadrat ko‘rinishiga ega bo‘lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar еngilmas, bo‘ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo‘yi o‘rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo ahmoq yoki o‘zini yaxshi ko‘radigan kishilar bo‘ladi deb tasdiqlagan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o‘rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 400 ta o‘qituvchilarni baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, yoqimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta’riflash so‘ralgan edi. Afsuski baholarning sub’ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog‘liqdir.
Empatiya – insoning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo‘yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda insonning emotsional muammolariga yondashishi tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo‘la olishdir. Bir tomondan ob’ektni tushunishda uni o‘rniga o‘zini qo‘ya olishi muhim bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo‘la olish ham muhimdir.
Insonning inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning roli kattadir. Bu ayniqsa inson haqida, noma’lum inson haqida ilk fikrlarni olishda muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning o‘tkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb e’lon qilinib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni ko‘zlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga еtkazish kabilar ekanligi qayd etiladi.
Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan.
Keltirilgan mulohazalardan ko‘rinadiki, insonni inson tomonidan idrok qilinishida tashqi tomondan berilayotgan ko‘rsatma, shaxsning bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalari muhim rol o‘ynaydi.
Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishini bilish pedagog uchun g‘oyat muhimdir. Bu to‘laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi. Pedagogik muloqot pedagog va o‘quvchilarning o‘zaro ta’sir etish usullari yig‘indisidir. Muloqotning mazmuni axborot almashish, o‘qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o‘quvchilar bilan o‘zaro tushunish va o‘zaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida munosabatlarni ta’minlamay turib amalga oshirib bo‘lmaydi.
Pedagogik faoliyatdagi muloqat
o‘quv vazifalarni bajarish vositasi
tarbiyaviy jaryonini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik tizimi
ta’lim-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’minlovchi o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatini tashkil qilish usuli
o‘quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.