O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


Muammoli savol; Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə157/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Muammoli savol; Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?.
2. Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri bo‘lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o‘smirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi еtarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o‘qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo‘shiladi. O‘qituvchi o‘z oldiga bir qator jiddiy talablarni qo‘ygan o‘qishga yangi faoliyat turiga qo‘shilish o‘quvchining o‘z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo‘ysunishga majbur qiladi. Bo‘larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, boshqa kishilarga, jamoaviyga ta’limga va uning bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta’sir qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi.
Axloqiy normalar va xatti-haraktlar qoidalarini o‘zlashtirish kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xati-harakat poydevori qo‘yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o‘zlashtiriladi. Shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan davr mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va muloxazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo‘ladi, turli tushunchalarga ega bo‘ladi, umumlashadi- 1 va 2 sinf o‘quvchilarining axloqiy muloxazalari o‘z xatti-harakatlari tajribasida va o‘qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko‘rsatmalri va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o‘quvchilari esa axloqiy muloxazalarida o‘z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko‘rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar bunday adabiyotlarni o‘qishda bolalar uchun chiqarilgan kinofilg‘mlarni ko‘rish ancha katta ahamiyat kasb etadi. Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib topadi. 7-8 yoshdagi bolalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kattalarni jumladan, o‘qituvchining ko‘rsatmalari bilan ijobiy bo‘ladigan ko‘rsatmani kutib o‘tirmay, bunday ijobiy axloqiy ishlarining boshidan qanchasini tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin