O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


-Mavzu: Diqqat, Sezgilar, Idrok va Hayol haqida tushuncha



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə24/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

4-Mavzu: Diqqat, Sezgilar, Idrok va Hayol haqida tushuncha.
Reja:
  1. Diqqat haqida tushuncha.


  2. Diqqatning fiziologik asosi.


  3. Sezgilar xaqida tushuncha.


  4. Idrok haqida tushuncha


  5. Hayol haqida tushuncha


Tayanch so‘zlar:


Diqqat, diqqatning xususiyatlari, ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat. Hayol haqida tushuncha, hayolning nerv-fiziologik asosi, xayolning, hayolning turlari, agglyusinatsiya.idrok haqida tushuncha, idrokning nerv-fiziologik asosi, xususiyatlari, illyuziya, gallyusinatsiya, appersepsiya, qonuniyatlar.
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‘p narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog‘liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‘la aks ettiriladi.

Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta’riflar keltirilganligini ta’idlash mumkin.


P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishga aytiladi.
F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi.
Ye.B.Pirogovaning ta’kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir.
Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning «diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi» degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. Haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga еtib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekt ustida to‘planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo‘naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O‘quvchi maktabda o‘qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o‘tirganda mana shu eshitib o‘tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo‘zg‘algan shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. O‘quvchining biror boshqa narsaga chalg‘imasdan o‘quv materialining mazmuniga zehn qo‘yib o‘tirishida uning psixik faoliyatining yo‘nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo‘naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo‘llab-quvvatlash tushuniladi.
Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o‘zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o‘zining sirtqi ya’ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to‘xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo‘lib, bu jimlik odamlar ma’ruzachini yoki artistni zo‘r e’tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm retseptorlarimiz alohida holatda bo‘ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo‘libgina qolmay, balki uning ma’lum yo‘nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko‘pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining tashqi ifodasiga xos bo‘lgan mimika va pantomimikani ko‘rsatish mumkin.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin