O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 9,43 Kb.
səhifə3/3
tarix02.11.2022
ölçüsü9,43 Kb.
#67214
1   2   3
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan mustaqil ish-fayllar.org

Yusuf Xos Hojib (XI asr) 
Bolasogumda tug’ilgan yirik adib Yusuf Xos Hojibning mashhur «Qudadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi bilim) asari turkiy xalqlarning bizgacha etib kelgan birinchi badiiy asari ekanligi bilan ham qimmatlidir. Muallif 6407 bayt orqali markazlashgan feodal davlatni idora qilish yo’llari, siyosati hamda xalqlarning rasm-rusumlari va ahloq qonun-qoidalarini ushbu asarda mujassamlashtirgan. «Qutadg’u biligda» sog’likni saqlash, dorishunoslik va umuman tabobatga oid baytlar ham ko’p uchraydi.


Ahmad Yugnakiy (XIIasr II yarmi-XIII asr boshlari) 
Samarqand yaqinidagi Yugnak qishlog’ida tug’ilgan Yugnakiyning ayniqsa «Xibbat ul- haqoyik» (haqiqatlar hadisi) asari juda mashhur bo’lib, muallifga shon-shuhrat keltirgan. Asarda asosan insonga xos bo’lgan fazilatlar bayon etilgan.


Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.)

Buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4 jildlik «Ishonarli to’plam»iga kiritdi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu erga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar

Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy)

Islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.

IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo’llarining saklanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko’pgina masjidlar o’z vaqtida arablargacha bo’lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo’lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo’lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda, Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O’rta Osiyoda diniy me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkoniyatini berdi. Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o’zi uchun katga saroy qurdirgan va uning qurilishiga kagga mablag’ sarflagan. Bu saroy g’oyat go’zal bo’lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo’lgan. Bu saroylar o’zlarining kattaligi va go’zalligi bilan ajralib turgan. Ko’p hollarda bunday saroylar kushmanzara joylarda, bog’lar ichida bunyod etilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  • O’zbekiston Tarixi ( A.Muhammadjonov)

  • A.A Normatov Matematika tarixi( toshkent 2007)

  • INTERNET SAYTLARI

  • arxiv.uz

  • xorazmiy.uz

  • shosh.uz


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
http://fayllar.org
Yüklə 9,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin