O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t (2)
Chumoli va Tipratikan masali esa nasriy turga mansub bolib, unda Chumoli timsoli orqali bolalar halollikka orgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bolishidan qatiy nazar, sorab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga davat etiladi. Masalni oqishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar ozining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka organadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va londaligi, soddaligi, otkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq tasir qiladi. Bular oquvchilar nutqini ostirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fel-atvorlari, nutqiy oziga xosliklari oquvchining diqqatini oziga jalb qiladi.
3-sinf Oqish kitobida Qaysar buzoqcha (O. Qochqorbekov), CHumoli va Tipratikan, Ojar Toshbaqa (H. Yoqubov), CHayondan soradilar kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan boshatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham todasidan ajralib, boriga duch keladi, yani kongilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masalning allegorik mazmuniga toxtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka oxshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, ozaro munosabatlari bazan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan ertak ekanini, koproq sheriy tarzda bolishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan otkir kinoya, voqealarning tez-tez orin almashinib turishi uni bir maromda oqishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali oqishga yetarli malaka hosil qilmagan oquvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda oquvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni soz bilan tasvirlash, bazilariga oqituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bolib oqish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning oziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali oqishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
4-sinf Oqish kitobida berilgan Baqa bilan Taqa (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi oziga mos bolmagan, oziga togri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, oz aytganidan qaytmaydigan, ojar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda ozining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining Taqani oylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bolasan... Sen taqa bilan yorgalay olmaysan. Yorgalashni ham otga chiqargan, Sen borligingni bildirib yurmoqchi bolsang, sayrab yuraver deyishlariga quloq solmaydi. Bu ojarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga chokib ketadi. Yonidagi baqalar bolmaganda halok bolishi ham tayin edi. Kech bolsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar oquvchini oz hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular oz tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Masal ustida ishlashda quyidagi vazifalar va tamoyillarga amal qilinadi :
Masal janrining mohiyatini ochib bеrish.
Masaldagi kinoyani ko`rsatib bеrnsh.
Masal qurilishi ustida ishlash.
Masal matnidagi turli iboralar orqali o`quvchilar nutqini o`stirish.
Masal mazmuni asosida o`quvchilarni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalash.
Masal o`qish darsining qurilishi quyidagicha bo`ladi:
Tayyorgarlik ishlari: