OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BOLIMI TALIM-TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI (BOSHLANGICH TALIM) YONALISHI II KURS MAGISTRI TEMIROVA MATLUBANING MUTAXASSISLIK FANLARNI O`QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: BOSHLANGICH SINFLARDA ERTAK VA MASALALAR MATNI USTIDA ISHLASH METODLARI.
Bajardi: M.Temirova Ilmiy rahbar: dots.Sh.Yoqubov
2021-YIL Mundarija
Kirish
I. BOB. ERTAKNI OQITISH METODIKASI
Boshlangich sinf oqish darslarida matn ustida ishlash orqali oquvchilarni manaviy tarbiyalash.
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ozbekistonning kelajagi kop jihatdan barkamol va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashga bogliq. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun oz Vataniga, xalqiga, istiqlol goyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni komil insonlar sifatida voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Rеspublikamiz Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoyev “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman. Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon bo‘lib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etishimiz lozim”, - dеgan edi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, ertak, sher, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham oqitiladi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan oziga xos xususiyatlarga ega bolib, ularning oquvchilarga tasiri ham har xil boladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham oziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, sheriy asarlar matni ertak matnidan, ertak matni sher matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar ortasidagi oxshashlikni taqqoslash orqali ozlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga kora, turli janrdagi badiiy asarlarni oqishda oqituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini dunyoqarashini kengaytirishda ertak va masal asosiy janr hisoblanadi, bunday asarlar o`quvchining yoshiga va uning psixologik hususiyatlariga mos bo`lganligi uchun o`qubchilar juda qiziqib o`qiydilar.