O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t (2)
1.2. Boshlang`ich sinflarda ertakni oqitish metodikasi Xalq ogzaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib oqilishining sabablaridan biri ertak tilining tasirchanligi, otkirligi, manodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning kopchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan ertak qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar kopincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bolgan yovuz, baxil, ochkoz obrazlar boladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, oquvchilar unda togrilik, halollik galaba qilganidan, kambagal kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, yani yaxshilik, ezgulik royobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bolishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambagallarga yordam korsatish, oz mehnati bilan hayot kechirish bolib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi goyasi ilgari surilgan bolsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning togriligi hiylagarning makri ustidan golib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi goyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham togrisozlilikning galabasi bilan yakunlanadi.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni oqishgagina emas, balki uni aytib berishga orgatish ham muhimdir. Ertak aytish ogzaki nutqni ostiradi, bolalar nutqini yangi soz va iboralar bilan boyitadi.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan goyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yoli bilan boglanishli nutqni ostirish, nutqning tasirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgoy bola» (1-sinf) ertagida bola oz rostgoyligi bilan podshoga maqul bolganligi ertak qilingan. Ertak goyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham togri gapir» maqoli bilan ifodalangan. Oquvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, ozlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, ertak qilib berishlari mumkin.
Ertakni oqib, mazmuni bilan tanishtirilgach, oquvchilardan shaylanib, roparasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo sozlarining manosi soraladi. Javoblar toldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qollangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolagalar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni organish darslarining qurilishi quyidagicha bolishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish: a) oquvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash; b) oqituvchining ertakni ifodali oqishi, yod aytib berishi va hok. 2. Ertakni oquvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat otkazish; 3. Ertakni qismlarga bolib oqish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, manodosh sozlarni topish, lugat ishi (ayrim sozlar manosini tushuntirish); 4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda oqish); Ertak kichik hajmli badiiy asar bolib, unda kishi hayotidagi malum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
«Ertak kopincha kishi hayotida bolgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir».
Ertak mazmunan boshlangich sinf oquvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi oquvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi korinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi ertaklar koproq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bolgan ertak bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga boglab olib boriladi.
Boshlangich sinflarda ertakni oqishga bagishlangan izohli oqish darslarida oqilgan ertak mazmunini ochish, lugat ustida ishlash, oqilgan matnni qayta ertaklash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Ertak mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. Soroqlardan ikki maqsadda: ertak mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat ortasidagi boglanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Ertakni oqish darsida oquvchilar tushunmaydigan soz va iboralar manosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular ertak mazmunini tushuna olmaydilar.
Ertakni oqishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda oquvchilar nutqini ostirish markaziy orin egallaydi. Ertak oqib bolingach, oquvchilar oylashi, oz mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. Oqilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad ertak bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga tasir etganini bilishdan iborat. SHundan keyingina ertak syujeti, voqeaning yonalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy goyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni toliq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari etibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani oziga tortadi. Lekin, ertak janri ham hayotiyligi bilan oziga xos. Ertakda voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bogliq hayotiy lavhalar bayon etiladi. Oquvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf «Oqish kitobi»dagi «Dadam qurgan dengiz» (Hakim Nazir), «Olma» (Malik Murodov), «Ilmli ming yashar» (Nurmat Maqsudiy), «Xazonchinak» (O. Hoshimov), «Qoshterak» (A. Irisov), «Mehnatkash qiz» (Oybek) va boshqa qiziqarli ertaklar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bolib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Ertak biror bir davr bilan bogliq boladi. Oquvchilar qahramonlarning manaviyatiga bolgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorongi tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bola boshlaydilar. Ularda gozallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuygusi ertaklar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda «Jaloliddin Manguberdi» ertagida Chingizxon va uning qoshinlariga nisbatan nafrat uygotilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-Vatanga mehr-muhabbat uygotiladi, uning taqdiri orqali oz ajdodlaridan faxrlanish tuygusi paydo boladi.
Ertak tahlili adabiy tur sifatida oziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish korishni taqozo etadi. Undagi har bir soz, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Ertak matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini organishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy oqish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bolishi lozim.
Boshlangich sinflarda ertak syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini organish boyicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda oquvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.
Ertak mazmunini ozlashtirish boyicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:
1. Matn mazmuni yuzasidan oqituvchi savollariga javob berish.
2. Ertak matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
3. Ertak mazmuni yuzasidan oquvchilarning savollar tuzishi.
4. Ertak mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Ertak matnini qismlarga bolish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Ertakga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta ertaklash (toliq, qisqartirib va ijodiy qayta ertaklash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda oqilayotgan ertak matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning oziga xosligi, obrazli tasvirning oquvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.
Ertakni organishda savollarni, odatda, oqituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan oquvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, oz fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi boglanishni toliq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi.
Ertak ustida ishlashda quyidagi vazifa va tamoyillarga amal qilinadi:
Ertak orqali yuksak axloqiy tarbiya bеrish.
Ertak matni asosida o`quvchilar nutqini o`stirish.
Ertak orqali o`zbеk xalqining milliy koloritini o`rgatish.
Ertak vositasida o`quvchilarda ijodkorlik hislatlarini tarkib toptirish.
Ertakdagi syujеt orqali o`quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o`stirish.
Ertakni izohli o`qish darsining qurilishi quyidagicha bo`lishi mumkin: