Kurs ishning amaliy ahamiyati: boshlangich sinf o`qish darslarida ertak va masal matni ustida ishlashning hozirgi holatlarini aniqlanib, yetakchi shakl va vositalarining tizimlashtirilganligi. Kurs ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bolajak boshlangich sinf oqituvchilari foydalanishlari va o`zlari uchun kerakli bo`lgan ma`lumotlarni olishlari mumkin.
Kurs ishning tuzilishi va hajmi: kirish, ikki bob, yetti band, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar royxati hamda ilovalardan tashkil topgan.
I. BOB. ERTAKNI OQITISH METODIKASI 1.1. Boshlangich sinf oqish darslarida matn ustida ishlash orqali o’quvchilarni ma’naviy tarbiyalash Barchamizga ma’lumki, insonni boshqa jonzotlardan ustun sanalishiga asosiy sabab aql, ilm, tafakkur va nutqdir. Shuning uchun ham inson hayotning oliy xilqati sanaladi. Biroq inson o'z vazifalarini bekamu-koʻst amalga oshirishi uchun maʼlum eʼtiqodga ega boʻlishi, oʻz umrining asl mohiyatni anglashi lozim boʻladi. Buning uchun esa insonga yaxshi taʼlim va ma’naviy tarbiya olish zarur sanaladi. Xo’sh, maʼnaviy tarbiya nima? Inson tarbiyasida maʼnaviy tarbiya juda muhim. Ayniqsa, hozirgi shiddatli davrda insonning maʼnaviy tarbiyasi juda koʻp narsani belgilaydi. Maʼnaviy tarbiyaning asosida qalb tozaligi yotadi. Shuning uchun ham yosh avlodga maʼnaviy tarbiya zarur. Inson qaysi jamiyatda yashashidan, qaysi kasb bilan shug’ullanishidan qatʼi nazar, u o’z insoniy burchi sifatida oilasini moddiy jihatdan to’kis etib ta’minlashi uchun dunyoviy ishlar bilan shugʻullanishga majbur. Chunki, insonning moddiy ehtiyojlari doimiy ravishda o’sib boradi. Ota-bobolarimiz bolalarini halol-pokiza turmush kechirishlari uchun ularga yoshlikdan kasb va hunar sirlarini o’rgatish bilan birga ularga odob va tarbiya berishgan. Chunki insonning iymon va maʼnaviyati mukammal boʻlsa, u nopok yo’lga yurmaydi. Shu bilan birga topilgan mablag’ va molu dunyosi halol boʻladi. Birovning haqqiga xiyonat qilmaydi.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi. Xususan, boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilar badiiy asar mutolaasi va matni ustida ishlash orqali o’zlariga hayotiy saboqlarni oladilar. Badiiy asar matni tahlili jarayonida ular asar qahramonlarining hatti harakatlarini tahlil qilib, ularning qilmishlarining to’g’ri yoki noto’g’riligini anglaydilar, shu bilan birga asardagi voqealardan tasirlanadilar. Buning uchun oqish va sinfdan tashqari oqish darslarini interfaol, qiziqarli, sifatli va munozaralarga boy tarzda tashkil etish talab etiladi. Oquvchi badiiy asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa badiiy asardan tasirlanishga yordam berib, uning tafakkurini peshlasa, tahlil asar zamiridagi manoni chuqurroq anglash va organishga yordam beradi.
Oqish faoliyatida oqituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonining quyidagi masalalarini hal qilishi muhimdir. Bular asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishdan boshlanadi. Sinfda oquvchilarning ruhiy holati, sinf oquvchilari orasidagi holat va vaziyatlardan kelib chiqqan holatda asar ustida ishlashning mazmuni belgilanadi. Keyingi vazifa asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olish vazifasidir. Bu vazifa oqituvchining dars jarayoniga metodik tayyorgarligi, dars jarayonini qanday metodlar asosida tashkil etishi va boshqarishiga bogliq boladi. Bunda oqituvchi badiiy asar ustida ishlashda har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi muhim orin tutadi.
Keyingi masala oquvchilar egallaydigan bilim, konikma va malakalar doirasini belgilab olish vazifasidir. Bunda badiiy asar ustida ishlash jarayonida oquvchilarning tafakkuri, oz fikrini nutqida bayon qila olishi, badiiy asar ustida ishlashning qaysi bosqichida bolmasin ozini namoyon eta olishiga etibor qaratadi.
Boshlangich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bolinadi:
1. Birinchi sintez bosqichi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Bunda avvalambor asarni yaxlit holatda oquvchilar etiboriga havola qilish maqsadida oqituvchi oziga qulay bolgan usulni tanlaydi. Masalan, oqituvchi hikoyasi, asar matnining audio shakli, film namoyishi, asarning bir necha oquvchilar tomonidan rollarga bolinib oqilishi va hokazo. Bunda ish turi badiiy asarning xususiyatlari va qaysi sinfda oqitilishiga mos ravishda tanlanadi. Bu bosqichni boshlashda oqituvchi asar muallifi haqida ham malumot berishi lozim.
2. Analiz bosqichi. Bu bosqichning vazifasi badiiy asarda voqealar rivojining boglanishini aniqlash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori (Ozini qanday tutdi? Nima uchun bunday qildi?) va ularning asosiy xususiyatlarini ochib berish (qahramonlarning ijobiy va salbiy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish ya’ni, badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg`u va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi badiiy tasvir va ifoda vositalari, obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi elementlarga e’tibor qaratish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Birinchi sintezdan song oqilgan asarga bogliq holda ijodiy xarakterdagi ishlar otkaziladi. Masalan: Ekspertlar guruhi amaliy ishini taklif qilamiz. Bu usul quyidagi ģtartibda tashkil etilishi mumkin.
Badiiy asarni analiz qilish uchun oquvchilar asar qahramonlari sonidan kelib chiqib bir necha kichik guruhlarga bolinadilar. Masalan: 4-sinf Oqish kitobida keltirilgan Eng ulug fazilat ertagini Ekspertlar guruhi usulidan foydalanib analiz qilish quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin
Avval ertak matni birinchi sintez bosqichi asosida oquvchilar etiboriga havola etiladi, yani ertak matni boshidan oxirigacha mutolaa qilinadi.