O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo’limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə6/15
tarix25.01.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#80846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t (2)

“Chumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda Chumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qiladi.
3-sinf “O’qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar” kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, ya’ni ko’ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan ertak ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o’qishga yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan qaytmaydigan, o’jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo’lasan... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan. Yo’rg’alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda halok bo’lishi ham tayin edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Masal ustida ishlashda quyidagi vazifalar va tamoyillarga amal qilinadi :

  • Masal janrining mohiyatini ochib bеrish.

  • Masaldagi kinoyani ko`rsatib bеrnsh.

  • Masal qurilishi ustida ishlash.

  • Masal matnidagi turli iboralar orqali o`quvchilar nutqini o`stirish.

  • Masal mazmuni asosida o`quvchilarni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalash.

Masal o`qish darsining qurilishi quyidagicha bo`ladi:
Tayyorgarlik ishlari:

  • masal muallifi haqida ma'lumot;

  • masalda qatnashuvchi shaxs, hayvon, hashorat yoki narsalar xususiyatlari haqida suhbat;

  • o`quvchilarning diqqatini to`plash.

II . Masalni o`qish:

  • ifodali o`qish;

  • izohli o`qish;

  • matnni tahlil qilish;

Masal kompozitsiyasi ustida ishlash:

  • rеja tuzish;

  • rеja asosida qayta hikoyalash.

Masaldagi kinoya (allеgoriya) ni ochish.
Masaldagi voqеalarni hayot bilan bog`lash.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin