mazmun va mohiyati. Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Har bir
zamonning o‘z zayli, qarashlari, munosabatlari, tafakkur tarzi bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan aytish
mumkinki, 2017 yil O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyot va rivojlanishida butunlay yangi bosqichni
boshlab berdi. Bu bevosita zamon bilan hamnafas, hozirgi sivilizatsiya talablariga javob beradigan,
bugungi kun milliy va dunyoviy ehtiyojlarini nazarda tutgan, jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalari bilan
milliy xususiyatlarimiz, qadriyatlarimiz, davlatchilik usul va uslublarimiz bilan uyg‘unlashib ketgan,
sintezlashgan kuchli va qudratli siyosiy tafakkur bilan bog‘liq. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayni ana shu
zamonaviy tafakkurni mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni rivojlantirish, boshqaruvni
erkinlashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bilan birga xalqaro maydonda O‘zbekistonning
o‘z so‘zi, qat’iy xulosasi, umumsayyoraviy masalalarni hal qilishda, ichki va tashqi siyosatda o‘zgarmas,
izchil pozytsiyaning mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.
O‘zbekistonda mustaqillikka erishgach yangi tarixiy sharoitlarda, yangi davlatchilikka asos solindi.
Huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati vujudga keltirildi. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy
va ma’naviy sohada tub burilishlar yasaldi. Tashqi siyosatda O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli
subyektiga aylandi va o‘zining qat’iyatli siyosiy pozitsiyasini namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada