O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


  Tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  milliy  iqtisodiyotning  yetakchi  tarmoqlarini



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

3.2.  Tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  milliy  iqtisodiyotning  yetakchi  tarmoqlarini 
modernizatsiya va diversifikatsiya kilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: 
milliy  iqtisodiyotning  mutanosibligi  va  barkarorligini  ta’minlash,  uning  tarkibida  sanoat,  xizmat 
ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; 
ishlab  chikarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan  yangilash,  ishlab  chiqarish, 
transport-kommunikatsiya  va  ij-timoiy  infratuzilma  loyihalarini  amalga  oshirishga  qaratilgan  faol 
investitsiya siyosatini olib borish; 
yuqori texnologiyali kayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur 
qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivoj-lantirishga 
qaratilgan  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  o‘tkazish  orqali  sanoatni  yanada  modernizatsiya  va 
diversifikatsiya qilish; 
-  iqtisodiyot tarmoqlari  uchun  samarali  raqobatbardosh muhitni shakllantirish  hamda  mahsulot  va 
xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-boskich kamaytirish; 
-  prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi 
bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; 
-  ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, 
iste’mol tovarlar va but-lovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoklararo sanoat kooperatsiyasini 
kengaytirish; 
iqtisodiyotda  energiya  va  resurslar  sarfini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishga  energiya  tejaydigan 
texnologiyalarni  keng  joriy  etish,  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; 
faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini 
oshirish, yangilarini tashkiletish; 
xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning 
o‘rni  va  ulushini  oshi-rish,  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  tarkibini,  eng  avvalo,  ularning  zamonaviy  yuqori 
texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish; 
turizm  industriyasini  jadal  rivojlantirish,  iqtisodiyotda  uning  roli  va  ulushini  oshirish,  turistik 
xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; 
-  eksport  faoliyatini  liberallashtirish  va  soddalashtirish,  eksport  tarkibini  va  geografiyasini 
diversifikatsiya kilish, iqtisodiyot tarmoklari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar 
etish; 
-  yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga 
axborot-kommunykatsiya texnologiyalarini joriy etish. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin