bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxrnalarini qurish, mavjud-larini rekonstruksiya va modernizatsiya
qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, ag-rokimyo, moliyaviy va boshka
zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari
tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chikarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologi-yalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq
xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan
kishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot
zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining
hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
Dostları ilə paylaş: