O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’-minlovchi yo‘l-transport, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xamda modernizatsiya qilish: aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayot-gan fuqarolar va uy-joy sharoitini
yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kre-ditlari
ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar kurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi
ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich
joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichim-lik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni kayta ishlash
komplekslarini kurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini
chiqindini yo‘k kilish bo‘yicha zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash;
aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lov-chi tashish xavfsizligini oshirish va
atrof muhitga zararli modda-lar chiqishini kamaytirish, har tomonlama kulay yangi avtobuslarni sotib olish,
avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy
avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini
kapital va joriy ta’mirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past
kuchlanishli elektr tarmokdari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi
hamda boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’-minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan
energiya man-balaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilot-lar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish
hamda takomillashti-rish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.