O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
36 gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni
loyihasini ishlab chiqildi, loyihada Oliy Majlis Konunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi
tomonidan parlament nazorati vakli sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib,
tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, Oliy Majlisning tadbirkorlik
subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni
parlament nazorati subyekti sifatida belgilandi
37
. Harakatlar strategiyasida Prezident Sh.M.
Mirziyoyev ilgari surgan - «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi
kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham
mujassamlashgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda
ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida hududlardan saylangan deputat
va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘ladi.
Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizda davlat va
jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yana bir qator qonun va qonunosti
hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish belgilangan: