Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish
demokratik davlat barpo etishning muhim shartidir.
Fuqarolik jamiyati institutlaridan biri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblangan
mahalladir. Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Avloddan-avlodga
o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko‘z
qorachig‘idek asrab-avaylashda uning o‘rni va ahamiyati beqiyos.
Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari mahalliy
davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik
vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.Amalga oshirilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan tuzilmaga aylandi.
2017-yilning 8 oyi davomida Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi asosida
zamonaviy talablarni inobatga olgan holda, 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi,
vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa
tashkilotlar qayta tashkil etildi.
Dostları ilə paylaş: