davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan.
Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga
doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi” -, deya bejiz ta’kidlamagan edi.
Mazkur holat, o‘z navbatida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik inoqlik
va birdamlikning nodir timsoli sifatida namoyon bo‘lib, barcha din vakillariga nisbatan
bag‘rikenglikning ijobiy namunasi ekanligidan dalolat beradi. Binobarin, dunyodagi mavjud dinlar
o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘zida ezgulik, tinchlik, yaxshilik, do‘stlik hamda bunyodkor g‘oyalarni
mujassam etadi. Ayniqsa, din insonlarni halollik va poklikka, mehr-shafqat, birodarlik va
bag‘rikenglikka da’vat etadi.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar o‘zaro inoq, totuvlikda yashab
kelmoqda. Respublika ko‘p konfessiyali mamlakatdir, hozirda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga
mansub 2 ming 243ta diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, mazkur
konfessiyalarning o‘z faoliyatini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun
hamma imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, yurtimizda ko‘plab millat va elatlar madaniy
markazlarining erkin faoliyat olib borayotganligi fikrimizning tasdig‘idir. O‘zbekistonda vijdon
erkinligi, har kimning xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki qilmaslik huquqi to‘liq ta’minlangan
va qonuniy kafolatlangan. Mazkur holat, ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali bo‘lgan mamlakatda
o‘ziga xos yondashuv bo‘lib, shu ma’noda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston
o‘ziga xos boy tajriba ortirganligini ta’kidlash o‘rinlidir.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori
O‘zbekistonning diniy-madaniy hayotida ham ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan
qisqa davr mobaynida ko‘plab masjid, cherkov, sinagoga va ibodatxonalar qurildi va qayta
ta’mirlandi. Ayniqsa, shular qatoriga Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridagi pravoslav
cherkovlari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi arman apostol cherkovi, Toshkentdagi
Budda ibodatxonasini aytib o‘tish lozim.
Mazkur ijobiy ishlar samarasi Respublikada barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik
muhitini mustahkamlash, mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va mustahkamlash, mamlakat milliy g‘oyasi –
“Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” ning muhim tarkibiy qismi va shartidir.
O‘z navbatida, davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar,
har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga
ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama-
qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan
xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Ayniqsa, mazkur holat O‘zbekistonda barcha dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglikning
ta’minlanishi, avvalo, dinlararo ziddiyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib, turli din
vakillarida o‘zaro hamkorlik, birdamlik va hamjihatlikning shakllanishiga zamin yaratadi. Mazkur
omil yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga bevosita
xizmat qiladi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasida diniy maqsadlarni o‘zida namoyon etuvchi siyosiy partiya
va jamoat harakati, shuningdek, respublikadan tashqarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va
bo‘limlarini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Binobarin, diniy
tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari shart.
O‘z navbatida, dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda,
dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy me’yorlarni va fuqaroviy totuvlikni
buzishda, bo‘xton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi o‘ydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima
chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka
ko‘maklashadigan, shuningdek, har xil g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar,
sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi. Bu haqda Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan
asarida dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida to‘xtalar ekan: “Biz din bundan buyon ham
aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlaridan, tarixiy va madaniy merosidan bahramand
qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon dinning davlat hokimiyati uchun kurashga, siyosat,
iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki, bu
holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz”, deb
ta’kidlagan edi. Binobarin, O‘zbekistonda barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik muhitini
mustahkamlash, avvalo, mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va
inoqlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Xususan, 2014 yil 12 noyabrda Toshkent islom
universitetida Toshkent islom universiteti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, YUNESKOning
O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik
Dostları ilə paylaş: |