eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning
birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig‘idek asrash hamda yanada mustahkamlash
O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir. Biz faqat
shu yo‘l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga samarali qarshi
turishimiz, jamiyatimizda turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi qat’iy immunitet yaratishimiz,
o‘zimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lida yanada salmoqli natijalarga erishishimiz
mumkin”. Zero, yurtimizda bag‘rikenglik tamoyillari asosida mustahkam qaror topgan osuda
hayot va do‘stona muhit mamlakatimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, dunyodagi har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy
qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar
obyekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston
o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi
konsepsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatida davlatlarning suveren
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanishi belgilab qo‘yildi. Davlatning, xalqning oliy
manfaatlarini, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga
va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur bo‘lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi Asosiy
qonunda belgilab berildi.
O‘zbekiston bugungi kunda o‘z Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan 25 yilda
to‘plangan tarixiy tajribalarga tayangan holda, uni yanada boyitish, takomillashtirish, rivojlantirish
yo‘lidan bormokda. Harakatlar strategiyasida tashqi siyosat sohasida quyidagi vazifalar belgilandi:
- davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning
teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini
shakllantirish;
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan
islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;
- O‘zbekiston Respublikasining tashki siyosiy va tashki iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy
bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya kilish masalalarini hal etish .
O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har
qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida
saqlab qoladi.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyingi davrda O‘zbekistonning tashqi siyosatida muhim
voqealar yuz berdi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenta Almazbek Atambayev 2016 yil 24
dekabr kuni amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. Har ikki davlat rahbarlari azaliy qardoshlik
tuyg‘ulari asosida shakllangan yaqin qo‘shnichilik tuyg‘ularini ifoda etishdi.. Har ikki davlat o‘rtasidagi
iqtisodiy, ijtimoiy, savdo va madaniy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib olindi.
2016 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Buyuk Britaniya
va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyani jahon siyosati va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadigan davlat bilan
siyosiy, iktisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli
hamkorlikni izchil davom ettirish, xalqaro maydonda, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik masalalari
bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
2017 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev jahon banki vitse-
prezidenti Siril Myullerni, 1 fevral kuni esa Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni
kabul kildi. Shu yilning 15 fevral kuni Iktisodiy Hamkorlik bo‘yicha Rossiya Hukumatlararo
komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi
hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. 2017 yil 6-7 mart kunlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti o‘zining chet davlatga birinchi davlat tashrifini amalga oshirdi —
Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan ushbu
mamlakatda bo‘ldi. Mazkur tashrif juda samarali bo‘ldi hamda O‘zbekiston-Turkmaniston o‘rtasidagi
hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga, strategik sheriklik darajasiga ko‘tardi. Bularning barchasi
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo‘lib kelayotganidan, turli mamlakatlar
bilan har tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalolat beradi.
Prezident Sh.Mirziyoyevning davlatlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilishda yaqin qo‘shni
mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi sa’y-harakatlari O‘zbekiston davlatining tashqi
siyosatidagi muhim tamoyil sifatida ko‘zga tashlanayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi, hech shubhasiz, O‘zbekiston
tashqi siyosatining yangi davrini boshlab beradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Harakatlar Strategiyasi - bu birinchidan, hayot
talablaridan kelib chiqqan holda tuzilgan, maqsad va vazifalari aniq ko‘rsatilgan; ikkinchidan,
bajarilishi qat’iy reja asosida tuzilgan, mas’ullari belgilangan; uchinchidan, bajarilishi moddiy va
ma’naviy jihatdan ta’minlangan; to‘rtinchidan, butun ma’no-mazmuni o‘zbek xalqining ehtiyoj
va manfaatlarini to‘la qondirishga qaratilgan; beshinchidan, adolatparvarlik tamoyilidan kelib
chiqqan holda vatanparvarlik g‘oyalari ruhi bilan sug‘orilgan jahonda kamdan-kam uchraydigan
milliy ahamiyatga molik bo‘lgan dasturdir. Uni bajarish esa yaxshi yashashga intilayotgan barcha
odamlarning vazifasidir. Zero, erkin va ijodiy, tashabbus va tadbirkorlik bilan qilingan samarali
mehnat-mazkur Harakatlar strategiyasining ruhiy kuch-quvvati; joni; g‘oyaviy-mafkuraviy
irodasidir.
Dostları ilə paylaş: |