Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat. Har qanday mamlakatda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda eng
avvalo, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, mazkur holatlar yurtimizda o‘ziga xos yondashuvni taqoza etadi. Ayniqsa, ko‘p millatli
mamlakatimizda tinchlik, xotirjamlik va barqarorlikni ta’minlanishi o‘z navbatida osuda hayotni
hukm surishiga zamin yaratadi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik milliy mafkuramizning
asosiy g‘oyalaridan biri hisoblanadi. O‘tmishdan ma’lumki, yurtimizda azaldan zardushtiylik,
buddaviylik, nasroniylik, moniylik hamda islom dini vakillari o‘zaro inoq va tinch – totuvlikda
istiqomat qilishgan.
Xususan, yurtimizdagi madaniyat markazlari hisoblangan ko‘plab shaharlarda masjid,
cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. O‘z navbatida, ushbu muqaddas maskanlarda turli dinga
mansub millat va elatlar o‘zlarining diniy marosimlarini emin-erkin ado etishi milliy xavfsizlikni
ta’minlashga zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini e’lon
qilgach, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash orqali tinchlik va barqaror
taraqqiyot asoslarini mustaxkamlashda barcha din vakillari orasida diniy asosda mojarolar
bo‘lmaganligiga tarix guvohdir.
Mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy davomi sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qabul qilingan farmoni muhim
ahamiyat kasb etadi. Mazkur farmonga muvofiq 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va
amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida davlatimiz
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik,
barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini
mustahkamlash strategik vazifa sifatida belgilanganligini aytib o‘tish lozim.
Ayniqsa, mazkur yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini,
suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish,
kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini
favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining
oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor
yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish
nazarda tutilgan edi.
Aynan, mazkur omillar yurtimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini
ta’minlashda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik holatini ijobiy ko‘rinishda ekanligini
namoyon etadi. Bu borada, fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat
Mirziyoev qayd etganidek: “Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar