yagona sud amaliyotini ta’minlanishiga zamin yaratib, inson huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish kafolotlarini kuchaytiradi.
Kiritilgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalarning navbatdagisi ommaviy-huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklarni
ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
ma’muriy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etilishiga doir bo‘lgan normadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 110-moddada ma’muriy sud ishlarini yuritishga
doir bo‘lgan masalani o‘z mazmunida mustahkamlagan edi. Biroq ularning tuzilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan munosabat biroz oqsayotgan edi. Ma’muriy sudlarni tuzish masalasini jadallashtirishgan
yana bir omil – jinoyat qonuni normalarini liberallashtirish siyosati bo‘lib hisoblanadi.
Qonunchilikda o‘z ifodasini topgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan yana biri bu –
tumanlararo iqtisodiy sudlarning tashkil etilishidir. Fuqarolar o‘rtasidagi iqtisodiy, fuqaroviy,
ma’muriy va boshqa huquqiy nizolar xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqilar edi. Biroq ushbu
toifadagi nizolar asosan viloyat xo‘jalik sudlarida birinchi va apellyatsiya bosqichlarida ko‘rilishi
nazarda tutilgan edi. Xo‘jalik sudlarining faqatgina viloyat darajasida mavjudligi, ularning alohida
tumanlardan uzoq masofada ekanligi tumanlararo iqtisodiy sudlarni tashkil etish zaruratini keltirib
chiqardi.
Navbatdagi o‘zgartirish va qo‘shimcha mamlakatimizda "Xabeas korpus" instituti
qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida kiritilgan bo‘lib, bu – prokurorlarning pochta-telegraf
jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya
berish bo‘yicha vakolatlarining sudlarga o‘tkazilishi nazarda tutilganligidadir.
“Harakatlar strategiyasi”dan kelib chiqib, shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya
qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan biri, bu jinoyat sodir etishda gumon qilingan
shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartilishidir. Shu bilan bir qatorda,
qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi extiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek, dastlabki
tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartilishi, qamoqqa olish va uy qamog‘i choralari
qo‘llanilayotgan shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan.
Inson huquq va erkinliklarini ustivor ekanligini tasdiqlovchi yana bir norma qo‘shimcha
tergovning bekor qilinishi bo‘lib hisoblanadi. Bu qoida konstitutsiyaviy norma – aybsizlik
prezumpsiyasining mantiqiy rivojlanishi bo‘lib, tortishuv va taraflar tengligi, haqiqatni anglash
prinsiplari real ta’minlanishiga kafolat beradi.
Fuqarolarning
huquq
va
erkinliklari
institutining
ishonchli
kafolat
etuvchi
munosabatlardan yana biri, bu – mediatsiya – yarashtirish institutini takomillashtirishdir. Jismoniy
va yuridik shaxslarga o‘zaro nizolarni suddan tashqarida, muqobil hal etish imkonining berilishi,
avvalambor, fuqarolarga nizolarni qisqa muddatlarda yechilishini, shuningdek, ortiqcha
mablag‘larning sarflanishiga chek qo‘yilishini, turli ovoragarchiliklarni oldini olinishi kabi
imkoniyatlarni beradi. Bu vaziyatdan kutiladigan natija esa, taraflar orasidagi o‘zaro hurmat va
ishbilarmonlik munosabatlarini saqlanib qolinishi bo‘lib hisoblanadi.
Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish masalalariga oid
munosabatlar qaysi yangi normalar bilan boyitildi?
2017 yil 9 yanvarda “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Ushbu qonunning maqsadi, ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga
solishdan iborat. Ma’muriy qamoq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasiga
muvofiq 3 sutkadan 15 sutkagacha bo‘lgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa 30
sutkagacha muddatga qo‘llanishi nazarda tutilgan.
Ma’muriy qamoqqa olish ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 21 ta moddasida
ko‘zda tutilgan. Biroq, shu paytga qadar qonunda ma’muriy qamoq ko‘rinishidagi jazoni
o‘taydigan joylar va ularning huquqiy mavqei belgilanmagan edi. Qonun qabul qilingach,
ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi bilan bog‘liq barcha munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga
solindi.
2017-yilning 19 yanvarida “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga asosan yuridik xizmat nufuzi oshirildi va yangi
vazifalar bilan to‘ldirildi.
Xususan, yuridik xizmatga jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini
amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar
berish;
Rahbariyatga faoliyatida qonun ustivorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan
hisobot taqdim etish;
Nizolar vujudga kelganda ularni sudgacha hal qilish choralarini ko‘rish, shuningdek, davlat
organlari va tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi
yuzasidan berilgan shikoyatlarning majburiy tartibda yuridik xizmatlar tomonidan ham ko‘rib
chiqilishini belgilovchi va boshqa masalalarda ular mas’uliyatini oshirishga qaratilgan yangi
funksiyalar yuklandi.
Yuridik xizmat xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalarini
majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishish hamda adliya organlariga yuridik xizmat
faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlari
rahbarlari, shuningdek, yuridik xizmat xodimlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish
huquqini beruvchi tartiblarning joriy etilishi har bir rahbarning mas’uliyatini kuchaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda sud tizimining mustaqilligini ta’minlash,
fuqarolarning daxlsiz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyat qonunchiligini
liberallashtirish, odil sudlovning amaldagi mustaqilligiga erishish amalga oshirilayotgan keng
qamrovli islohotlarning “Islohot – inson uchun!” degan hayotiy shiorning amaldagi ifodasidir.
Binobarin, ana shu tub yangilanishlar jamiyatimizda qonun ustivorligini ta’minlash bilan birga,
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli tarzda himoyalashga
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |