O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Islom Karimov Jamiyat hayotining barcha sohalari globallashib borar ekan, u albatta madaniyat sohasida
birinchilar qatorida o‘zini namoyon qiladi. Shunday hodisalardan biri "ommaviy madaniyat"
hisoblanadi.
Ommaviy madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr
boshlariga to‘g‘ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo‘nalishi
sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‘zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy
axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‘p nusxali gazetalar, suratli jurnallar,
internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo‘ldi. Ma’naviy boyliklarni
industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi
o‘sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.
Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli XIX asrning 30-yillarida
adabiyotda paydo bo‘lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini ko‘rsatishadi. Asr oxirida
haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt
o‘tishi bilan ushbu jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “Qalb industriyasi” deb nom berdilar. Asr
oxirida Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo‘la
boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bora-bora kattalar hayotining
ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‘i, “Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning
o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va xujumkorlik bilan tarqala
boshladi.
An’anaviy madaniyatda bo‘lganidek, ommaviy madaniyatning ham universal
xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish mumkin. Gap shundaki,
“Ommaviy madaniyat” ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o‘ziga yakdil uchta tushunchani
qamraydi. Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik”
– mahsulotni tarqatish meyori. Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik.
" Ommaviy madaniyat" nima? Bu savolga har bir xalq o‘zining manfaatlari va
qadriyatlaridan kelib chiqqan holda javob beradilar. Umuman olganda "ommaviy madaniyat"
bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi. Bu xususda
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev: "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-karshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshka ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi" 53 , - degan
edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz uchun ommaviy madaniyat - bu bir guruh boylikka o‘ch
odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan
holda axloqiy buzuqlik, zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, "men "ni
ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy va ma’naviy hayot
maydonlariga tashlab, ko‘ngilocharlik bahonasida tijoratga asoslangan iste’molchilikni yo‘lga
qo‘yib xalqlarni o‘z milliy qadriyatlariga asoslangan madaniyatidan judo qilish evaziga katta
daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir.
«Ommaviy madaniyat»ning belgilari: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm,
egotsentrizm va boshqalar kiradi.