O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Axloqiy buzuqlik. Bu eng tuban insoniy faoliyat bo‘lib, u asta-sekin «erkin muxabbat»dan 
«bir  jinsli  insonlar  o‘rtasida  nikoh  tuzish»gacha  bo‘lgan  bosqichlarga  ko‘tariladi.  U  yoshlarni 
ma’naviy jihatdan aynitib, minglab yillardan buyon ardoqlanib kelayotgan muqaddas muhabbat 
an’anasi o‘rniga zinokorlikni taqdim qiladi. 
Zo‘ravonlik.  Bu  illat  mazmunini  insonning  inson,  millatning  millat,  davlatning  davlat 
ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazish tashkil qiladi. Zo‘ravonlik shaxs hukuqini paymol qilib, uning 
ongida hayvoniylik his-tuyg‘ularini va xususiyatlarini tarkib toptiradi. 
                                                 
53
 Mirziyoyev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar-ezgu maqsadimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir // "Xalq 
so‘zi" gazetasi, 2017 yil/1 iyul. 


Individualizm. Bu g‘oyaga ko‘ra shaxs o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatlaridan ustun 
qo‘yadi.  Individualizm  jamoaviylikning  jiddiy  ko‘rinishi  bo‘lib,  u  shaxsni  jamiyatdan  ayro 
yashashga,  qo‘ni-ko‘shnichilik,  mahalla-ko‘ychilik  va  jamoaviylikka  qarshi  ruhda  voyaga 
yetkazadi. Bu illatga mubtalo bo‘lgan kishi o‘z manfaatlarini o‘zgalarnikidan ustun qo‘yadi, faqat 
o‘zi uchun yashash odatini o‘zlashtiradi. 
Egotsentrizm.  Bu  g‘oya  inson  «men»ligini  ustuvor  qo‘yishdan  iboratdir.  Unga  ko‘ra, 
inson har bir narsaga o‘zining  «men»lik  nuqtai  nazaridan  qaraydi.  Buning  eng tashvishli  jihati 
shundaki,  unday  odam  o‘zini  doimo  haq  deb  biladi,  o‘zgalarga  nisbatan  bepisand  qarash, 
o‘z xatti-harakatlarini mutlaqo to‘g‘ri deb bilish egotsentrizmning eng asosiy belgisidir. 
Madomiki, ushbu madaniyat milliy qadriyatlarimiz ildiziga bolta urayotgan ekan, unga 
qarshi kurashishimiz zarurdir. Bu esa quyidagi chora-tadbirlarni ko‘llashni taqozo etadi: 

 
Kontrabanda yo‘li bilan yurtimizga kirib kelayotgan shahvoniy filmlar, turli pornografiyalar 
vositasida axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni mamlakat ichkarisiga kiritmaslik. 
Pinhona  ish  yuritayotgan  fohishaxonalarning  faoliyatiga  chek  ko‘yish  tadbirlarini 
kuchaytirish. 

 
Qudratli  davlatlarning qudratsiz davlatlar ustidan zo‘ravonligini madh qiluvchi  har qanday 
mahsulotlarni  (kiyim  kechaklar,  videofilmlar  va  shunga  o‘xshash  narsalar)ning  kirib 
kelishiga, ayniqsa ularni yoshlarning ma’naviy iste’mol qilishlariga yo‘l ko‘ymaslik ishlarini 
uzluksiz tarzda tashkil etish. 

 
Inson o‘zi uchun emas, o‘zini o‘zi ulug‘lab emas, balki jamiyat manfaati, yurt tinchligi, uning 
ozodligi  va  obodligi,  shu  yurtda  erkin  va  farovon  hayot  kechirish  uchun  yashashligini 
g‘oyaviy-mafkuraviy  jihatdan  ta’minlashni  yo‘lga  qo‘yish  ishlarini  izchil  davom  ettirish 
kabilar tashkil etadi. 
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho‘rolar mamlakatida boshlangan istiqlolga 
intilish harakatlari sho‘rolar davridagi mudroqlikka chek qo‘ydi.  Kommunistik senzura hamma 
vaqt  yoqtirmay  tanqid  qilib  kelgan  “ommaviy  madaniyat”  ommaviy  axborot  vositasida 
hayotimizga  faol  kirib  keldi  hamda  aholi  o‘rtasida  yashindek  yoyila  bordi.  Bunga  katta 
yoshdagilarning  ma’lum  darajada  qarshilik  ko‘rsatgani,  qabul  qilolmagani,  an’anaviy  madaniy 
qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o‘rnashgani ko‘zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning 
katta  qismi,  ayniqsa,  talaba  yoshlar  sho‘ro  davri  madaniy  qadriyatlariga  tanqidiy  ko‘z  bilan 
qaradilar. Yangi zamon  “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan xaridoriga aylandilar. 
Ular uchun bu mahsulotlarning o‘zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham ahamiyatli emas 
edi  va  hamon  shu  jarayon  davom  etmoqda.  “Jahon  to‘ri”  deb  nom  olgan  internet  tizimi  orqali 
“ommaviy  madaniyat”  mahsulotlari  hech  qanday  to‘siqsiz  mamlakatimizga  kirib  kelmoqda  va 
ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng tarqalmoqda. 
Ma’lumki, o‘smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand, 
modaparast,  xorij  standartlarini  oson  qabul  qilishga  ruju  qo‘ygan  bo‘ladi.  Ulardagi  ana  shu 
ijtimoiy-psixologik  holat  kirib  kelayotgan  shubhali  qadriyatlarga  tanqidiy  yondashuvni  cheklab 
qo‘ymoqda.  Maqbul  yoki  nomaqbulligi  haqida  muayyan  fikr-mulohazasi  bo‘lmagan  yoshlar 
hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali 
qabul  qilishga oshiqmoqda. “Ommaviy madaniyat” tashqi ko‘rinishi,  oson o‘zlashtirilishi  bilan 
ularni  qiziqtirmoqda.  Turfa  g‘oya  va  ramzlar  zamonaviy  modalar  ommaviy  madaniyat 
mahsulotlari  yoshlardan  chuqur  fikr-mulohaza  yuritishni  talab  etmaydi,  har  xil  hayot 
tashvishlaridan,  turmush  muammolaridan    “xalos”  etadi,  jasadni  va  ruhni  dam  oldirish,  ularni 
o‘qishga, bilim olishga emas, balki o‘ynab-quvnab, “yashab olish”ga chaqiradi. Aslida “ommaviy 
madaniyat”ning,  uni  tarqatayotganlarning  ham  asl  maqsadlari  shundan  iborat.  Mamlakatimiz 
aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va “ommaviy madaniyat” mualliflari aynan 
ana shu auditoriyani  nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq  ayon 
bo‘ladi.  
Yoshlarning  badiiy  ehtiyojlarini  qondirish,  ular  o‘rtasida  “ommaviy  madaniyat” 
mahsulotlarining  tarqalmasligi  uchun  muayyan  ishlar  amalga  oshirilayotir,  albatta  ularning 


san’atga, adabiyotga va boshqa ma’naviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib borish hozir 
izchil olib borilmoqda.  
 “Ommaviy  madaniyat”ning  hayotimizga  bostirib  kelishida  dastlab  ommaviy  axborot 
vositalari asosiy rolni o‘ynadi. Bugunga  kelib esa, reklama uning ajralmas yo‘ldoshiga aylanib 
qoldi. Bozor qonuniyatlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini keng  tarqatishdan manfaatdor 
bo‘lib  maydonga  chiqmoqda.  Zamonaviy  audio-videotexnikalar,  ovoz  yozish  va  kuchaytirgich 
asboblarining  yuzlab  turlari  “ommaviy  madaniyat”  mahsulotlari  reklamasi  bilan  kun 
ko‘rmoqdalar.  U  sanoat  asosiga  ko‘chirilgach,  o‘rtacha,  bo‘sh  “ommaviy  madaniyat” 
mahsulotlarini  ko‘paytirish  va  sotish  bo‘yicha  qudratli  tizim  yaratildi.  Istagan  do‘kondan 
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‘shiq, klip  audiovideotasmasini topish 
mumkin.  San’atga,  “ommaviy  madaniyat”ga  mas’uliyatsizlik  bilan  munosabatda  bo‘ladigan, 
yengil-yelpi  ijod  bilan  elga  tanilgan  san’atkorlar  armiyasi  paydo  bo‘ldi.  O‘zlari  shoir,  o‘zlari 
kompozitor bo‘lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‘lmagan juda ko‘plab guruhlar paydo bo‘ldi  va ular 
o‘z  mahsulotlarini  istagancha  reklama  qilmoqdalar.  Yoshlar  esa  ana  shunday  siyqasi  chiqqan, 
lekin  ma’lum  ma’noda  “o‘z  auditoriyasini  topgan”,  “san’atkor”lar  armiyasi  bilan  yuzma-yuz 
turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani aks ettiruvchidir.  
Ba’zan  kliplarda  chiroyli  qizlar  va  yigitlar  nima  deyotganligini  o‘zlari  ham 
tushunishmaydi.  Kuchli  musiqa  sadosi  ostida  nimalardir  deyishadi,  mashinalarga  o‘tirib 
qayerlargadir  borishadi.  “Ommaviy  madaniyat”  mahsuli  bo‘lgan  bunday  “asarlar”  millat 
mentalitetini  pasaytirishga  xizmat  qilayotgani  sir  emas.  Reklama  nima  deydi?  Birorta  shirin 
ichimlikni iste’mol qilib cheksiz rohat va farog‘at olish mumkin. Biror  narsaga erishish uchun jon 
kuydirish, ter to‘kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni  sotib olish kerak va uni iste’mol qilish 
kerak.  Yoki  yozib  olingan    fonogrammaga  mos  qilib,  labni  qimirlatib  turaverish  kerak,  tamom 
vassalom. Endi o‘sib, jamiyatga  kirib kelayotgan yoshlarga, o‘smirlarga ham OAVlar shunday 
ta’lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‘z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta’sir etmoqda. 
Demak,  “ommaviy  madaniyat”ning  ana  shunday  siyqalanib,  jo‘nlashib  borishi  hammamizni 
ogohlikka chorlashi lozim.  
“Ommaviy madaniyat” o‘z g‘irdobiga yoshlarni tartib olmasdan oldin, ularni milliy urf-
odatlar, tarixiy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya ishlarni  jadallashtirishimiz lozim. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin