O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlarini ta’minlashda millatlararo totuvlik va



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlarini ta’minlashda millatlararo totuvlik va 
diniy bag’rikenglik g’oyasining ahamiyati. 
Mamalakatimizda  xam  millatlararo  totuvlikni  ta’minlash  orkali  tinchlik  va  hamjihatlikni 
mustahkamlab borish g‘oyasi davlatimiz birinchi raxbarlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib 
kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev keyinchalik barcha nutq va ma’ruzalarida tinchlikni 
ta’minlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini ko‘llab-quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm 
va terrorizmga qarshi ayovsiz kurash masalalarini asosiy tamoyil sifatida olg‘a surib kelmoqda.  
 «Bagrikenglik» tushunchasi  ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli  sohalari,  jumladan, 
siyosat  va  siyosatshunoslik,  sotsiologiya,  falsafa,  iloxiyot,  ijtimoiy  axloq,  qiyosiy  dinshunoslik 
kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «tolerare», ya’ni «chidamoq», «sabr qilmoq» 
ma’nosini  anglatgan  «tolerantlik»  so‘zi,  asosan  biror  narsani,  o‘zgacha  fikr  yoki  qarashni,  o‘z 
shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni 
anglatadi.  Xususan,  ushbu  tushuncha  deyarli  barcha  tillarda  bir  xil  yoki  bir-birini  to‘ldiruvchi 
ma’no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o‘zgacha qarashlar va harakatlarga 
hurmat  bilan  munosabatda  bo‘lish»,  «muruvvatlilik»,  «himmatlilik»,  «kechirimlilik», 
«mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma’nolarga ega. 
Taraqqiyotning  asosiy  omillaridan biri  bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995  yil  16 noyabrda 
BMT  tizimida  Fan,  ta’lim  va  madaniyat  sohasida  ixtisoslashgan  tashkilot  (YUNESKO)  bosh 
konferensiyasining  28-sessiyasida  «Bag‘rikenglik  tamoyillari  Deklaratsiyasi»  qabul  qilindi. 
Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson 
huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan. 
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YUNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasida 
«Tinchlik  madaniyati  va  YUNESKOning  a’zo  davlatlaridagi  faoliyati»  deklaratsiyasi  qabul  qilindi. 
YUNESKOning «Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil «Xalqaro 
tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili» deb e’lon qilindi. 
O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod 
va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu yerda yashovchi xalq boshqa joydan ko‘chib kelib, 
o‘rnashib kolgan emas. Bu zamin - ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu 
zamin - Sharq va G‘arbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, 
Markaziy  Osiyoning  yuragi,  insoniyat  tafakkuri,  fan  va  madaniyatining  eng  ko‘hna  o‘choklaridan 
biridir.  Bu  tuproqda  jahonni  hayratga  solgan  sivilizatsiyaning  ildizlari  vujudga  kelgan,  insoniyat 
tarixining  eng  qadimgi  davrlariga  mansub  diniy  va  falsafiy  an’analar  shakllangan.  Qadimgi  yunon 


faylasufi Geraklit bu yurtni «falsafiy tafakkur beshigi», deb bejiz ta’riflamagan. Shuni ta’kidlash joizki, 
bizning sivilizatsiyamiz o‘ziga xos bag‘rikenglik tafakkur uslubiga tayanadi. 
Uch  ming  yillik  tariximiz  shundan  guvohlik  bermoqdaki,  oliyjanoblik  va  insonparvarlik, 
millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar 
avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng nafaqat mamlakatga nom bergan o‘zbek  
xalki, balki shu muqaddas zaminda istiqomat kilayotgan turli millat vakillarining ham millat sifatida 
saqlanib qolishi va rivojlanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida e’tibor 
qaratdi.  Jumladan,  ko‘pmillatli  diyorimizda  tinchlik  va  osoyishtalikni  saqlash  va  yanada 
mustahkamlashning  muhim  omili  bo‘lgan  millatlararo  totuvlik  va  hamjihatlikni  ta’minlash, 
mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub aholining ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini 
qondirishga yo‘naltirilgan milliy-madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda millatlararo 
munosabatlarni takomillashtirish uchun Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992 yil 13 yanvarda 
Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, idoralar, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari, shuningdek, 
jamoat tashkilotlari bilan birgalikda millatlararo munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati amalga 
oshirilishida qatnashish, milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘ziga xos an’ana, 
urf-odat va rasm-rusumlarni tiklash hamda rivojlantirishda ularga ko‘maklashish deb belgilandi. 
2017 iilda Respublika Bainalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi nishonlandi. 
Mamlakatimizda  milliy-  madaniy  markazlarni  soni  140  dan  ziyod  bo‘lib,  ular  yurtimizning  jamoat 
tashkilotlari qatorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.  
Millatlararo  munosabatlar  yo‘nalishidagi  yana  bir  dolzarb  masalalardan  biri  —  aholining  milliy 
tarkibiga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga 
kelib, 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritayotgani, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda 
qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg‘iz tilida, 7 ta 
maktabda koreys tilida ta’lim berish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch tilda 
o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Xalq ta’limi vazirligiga qarashli pedagogika 
institutlarida  o‘zbek  tilidan  tashqari  rus,  tojik,  turkman,  qirg‘iz,  qozoq,  qorakalpoq  tillarida  ham 
mashg‘ulotlar olib boriladigan maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda. 
Respublikamizdagi ommaviy axborot vositalarining faoliyati ham aholi milliy tarkibining rang-
barang ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmokda. O‘zbekistonda 8 tilda, ya’ni o‘zbek, qoraqalpok, rus, 
qozoq, tojik, turkman, ingliz, koreys tillarida gazeta va jurnallar chop etilmoqda. 
O‘zbekiston  televideniyasi  orqali  qator  xorijiy  tillardagi  ko‘rsatuvlarning  muntazam  ravishda 
namoyish  qilinishi  va  maxsus  radio  eshittirishlarning  turli  tillarda  efirga  uzatilayotgani  ham  diqqatga 
sazovor. Bugungi kunda, 12 (o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, ozarbayjon, rus, tatar, boshqird, 
koreys, uyg‘ur) tillarida teleradio eshittirishlar efirga chiqmoqda. Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonning 
millatlararo siyosati insoniylikka, demokratiyaga qarshi bo‘lgan siyosatning har qanday ko‘rinishlarini 
to‘liq va mutlaq rad etishga asoslangan. 
Ko‘rinib  turganidek,  millatlararo  munosabatlarni  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish  borasida  O‘zbekiston 
o‘ziga  xos  tajriba  orttirdi.  Bunda  faqat  milliy  o‘zlikni  anglash,  milliy  g‘urur  va  iftixor  tuyg‘usini 
tarbiyalash,  millatlarning  tili,  madaniyati,  urf-odatlarini  asrab-avaylash  bilan  cheklanmaslik,  balki 
mamlakatdagi  barcha  millatlarning  umumiy  birdamligiga  erishish  tamoyiliga  amal  qilindi.  Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qurilgan bu siyosat: 
- ko‘p millatlilikni yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lgan omil sifatida tan olish; 
- fuqarolarning 
jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  e’tiqodi,  shaxsi,  ijtimoiy  kelib 
chiqishi va mavqeidan kat’i nazar, tengligini ta’minlash; 
- milliy  mansubligidan  qat’i  nazar,  fuqarolarning  mamlakat  siyosiy  va  ijtimoiy 
hayotidagi teng hukuqli ishtirokini kafolatlash; 
- milliy 
til, 
urf-odat 
va  an’analar  hurmat  kilinishini  ta’minlash  va.  ularning 
rivojlanishi uchun kulay shart-sharoit yaratish; 
- ijtimoiy 
hayot, 
siyosiy 
institutlar, 
mafkura 
va 
fikrlar 
xilma-xilligi 
asosida 
rivojlanishini ta’minlash; 


- fuqarolarning 
konstitutsiyaviy 
huquk  va 
erkinliklariga 
qarshi  qaratilgan  milliy, 
irqiy, diniy adovat va nizoni targ‘ib qiluvchi faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik; 
- millatlar va elatlar huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga doir xalqaro qoidalar ustuvorligini 
tan olish kabi tamoyillarga tayangan holda izchil amalga oshirilmoqda. 
Shuni  unutmaslik  kerakki,  qayerda  millatlararo  totuvlik  g‘oyasining  ahamiyati  anglab  yetilmasa, 
jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi, ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. 
Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi. 
Millatlararo totuvlik g‘oyasini amalga oshirishga g‘ov bo‘ladigan eng xatarli to‘siq - tajovuzkor 
millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat, zararli g‘oya tuzog‘iga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda 
halokatga yuz tutadi. Bunga uzoq va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Birgina fashizm 
g‘oyasi  XX  asrda  insoniyat  boshiga  avvalgi  barcha  asrlardagidan  ko‘ra  ko‘proq  kulfat,  ofat-balolar 
yog‘dirib, oxir-oqibatda o‘zi ham halokatga uchradi. Lekin hanuzgacha fashizm, shovinizm, irqchilik 
g‘oyalarini  tiriltirib,  millatlararo  totuvlik,  hamjihatlik  g‘oyasiga  qarshi  «salib  yurishi»  uyushtirishga 
urinayotgan kuchlar borligi barchamizni hushyor torttirishi lozim. 
Bag‘rikenglikning  muhim  yo‘nalishlaridan  biri  «diniy  bag‘rikenglik»dir.  Turli  din  vakillari 
e’tiqodidagi mavjud farqlardan qat’i nazar, ularning yonma-yon, o‘zaro tinch-totuv yashashi hamda har 
bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarashni anglatadigan mazkur tushuncha, har kim o‘z e’tiqodiga amal 
qilishda erkin bo‘lgani holda, bu huqukka boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishini nazarda tutadi. 
«Bag‘rikenglik  tamoyillari  deklaratsiyasi»data’kidlanganidek,  «Bag‘rikenglik  bo‘lmasa,  tinchlik 
bo‘lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo‘lmaydi». 
Asrlar  mobaynida  o‘lkamizning  shaharu  kishloqlarida  masjid,  cherkov  va  sinagogalar  emin-erkin 
faoliyat  ko‘rsatib,  turli  millat  va  dinga  mansub  qavmlar  hamjihatlikda  o‘z  diniy  marosimlarini  ado  etib 
kelganlar.  Tariximizning  eng  murakkab,  og‘ir  davrlarida  ham  ular  o‘rtasida  diniy  asosda  mojarolar 
bo‘lmagan. Bu esa, millati va diniy qarashidan qat’i nazar, insonni ardoqlash va o‘zgalarni qadrlash, kattalarga 
hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish kabi tuyg‘ular yurtimiz aholisining qon-koniga singib ketganidan dalolat 
beradi. Aynan shu sifatlar xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil qiladi. 
Ma’lumki,  har bir dinning o‘ziga xos  aqidalari mavjud. Ular ba’zan bir-biriga  mutanosib bo‘lsa, 
ba’zan zid ham kelishi mumkin, Diniy bag‘rikenglik ana shu xilma-xillik asosida kelib chiqishi mumkin 
bo‘lgan nizolarning oldini oladi, turli e’tiqodlarning yonma-yon va bir paytda mavjud bo‘la olishi uchun 
xizmat qiladi. 
Qadim zamonlardanoq o‘lkamizda zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar 
mavjud bo‘lgan. Eng qadamiy va keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lmish zardushtiylikning vatani ham 
bizning yurtimizdir. Chunki, u qadimgi Xorazmda shakllanib, rivoj topgan. 
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o‘rin tutgan. Hattoki, Buxoro shahrining 
nomi ham «Vaxara» - buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar bor. 
Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu yerga Eron orqali Suriyadan kirib kelgan 
nestorian  yo‘nalishidagi  nasroniylik  dini  muhim  mavqeni  egallagan.  VI  asr  boshlarida  Samarqandda 
nestorian yepiskopi, VIII asrda esa mitropoliti xizmat qilgan. Shuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va 
Xorazm viloyatlari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan. 
VIII asrda Markaziy Osiyoga arablar bilan birga islom dini ham kirib keldi. Aholining bu dinni 
qabul qilishi asta-sekinlik bilan, bir tekis bo‘lmagan holda yuz berdi. Aholining bir qismi o‘zlarining 
qadimgi dinlariga e’tiqod qilishda davom etdi. Bu vaqtda islom va mahalliy dinlarning, ularga xos 
qadriyat  va  odatlarning  qorishuvi  yuz  berdi.  Movarounnahr  xalklarining  islom  diniga  zid 
kelmaydigan ma’rifiy-axloqiy g‘oyalari, huqukiy meyor va urf-odatlari to‘la saqlanib qoldi hamda 
islom  ta’limoti  asosida  yanada  sayqallandi.  Bu  holat  Movarounnahrda  islomning  o‘ziga  xos 
xususiyatlar kasb etishiga sabab bo‘ldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllangan diniy 
bag‘rikenglik samarasi edi. 
O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda islom ta’limotidagi o‘zga din vakillari 
bilan o‘zaro murosa yo‘lini tutish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamjihatlikda yashashga 
chorlovchi tamoyillar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, islom ta’limotidagi dinni qabul qilish 
yoki  qabul  qilmaslik  qalbga  bog‘liq,  insonning  to‘liq  ixtiyoridagi  amal  deb  qaralishi  mintaqada  diniy 
bag‘rikenglik muhiti barqaror bo‘lishi uchun asosiy omillardan bo‘ldi. 


Diyorimizdan  yetishib  chiqqan  allomalarning  asarlarida  ham  diniy  bag‘rikenglik  bilan  bog‘liq 
qadriyatlar  targ‘ib  qilingan  g‘oyalarni  uchratamiz.  Jumladan,  Shayx  Ahmad  Yassaviy  ham  o‘z 
hikmatlarida o‘zga din vakillariga yaxshi munosabatda bo‘lishni uqtirgan: 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin