O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,  
 
Ko‘ngli qottig‘ dilozordan xudo bezor. 
Yurtimizdan  yetishib  chiqqan  allomalarimizning  bu  kabi  o‘gitlari  uzoq  yillar  davomida 
xalqimizni  bag‘rikeng  bo‘lishga,  turli  din  va  elatlar  bilan  tinch-totuvlikda  hayot  kechirishga 
chorlab kelgan. 
Hozirgi  kunda  ham  yurtimizda  istiqomat  qilayotgan  turli  din  vakillari  uchun  teng 
imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy bag‘rikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda 
mustahkamlanishi tahsinga sazovordir. 
Eng  avvalo,  Konstitutsiyamizning  31-moddasida  mustahkamlangan  «Hamma  uchun  vijdon 
erkinligi  kafolatlanadi.  Har  bir  inson  xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish  yoki  hech  qaysi  dinga  e’tiqod 
qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» degan qoida diniy 
bag‘rikenglik uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmokda. Bu tamoyilga ko‘ra, har kim o‘z dini va 
e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmog‘i lozim. 
Bir kishining din borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. 
Bundan  tashqari,  Konstitutsiyamizning  18-moddasida  ham  «O‘zbekiston  Respublikasida  barcha 
fuqarolar bir xil hukuq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib 
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart» degan norma asosida turli diniy e’tiqoddagi 
insonlarning dini va e’tiqodidan qati nazar, qonun oldida teng ekani e’tirof etilgan. 
Konstitutsiyamizning  61-moddasida  esa,  yurtimizda  faoliyat  olib  boruvchi  diniy  tashkilotlar  va 
birlashmalarning  davlatdan  ajratilgani  haqidagi  qoida  mustahkamlangan.  Unda  aytilishicha,  «Diniy 
tashkilotlar  va  birlashmalar  davlatdan  ajratilgan  hamda  qonun  oldida  tengdirlar.  Davlat  diniy 
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu qoidaning mohiyati shundaki, O‘zbekistonda har qanday 
din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir. Davlat 
diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni ko‘llab-quvvatlaydi hamda ular o‘rtasida o‘zaro murosa 
va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi. 
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham 
takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul 
qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar 
amalda  bo‘lib  keldi.  So‘nggi  yillar  davomida  mazkur  qonunni  davr  talablari  asosida  tubdan 
o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan 
qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 
Vijdon erkinligi haqidagi qonun dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy 
xavfsizlikni  va  jamoat  tartibini,  boshqa  fuqarolarning  hayoti,  salomatligi,  axloqi,  huquqi  va 
erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkinligini ta’minlaydi. 
Mazkur meyor 1966 yil 16 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik 
va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasiga muvofiqdir. 
Xalqaro  hukukiy  hujjatlarda  ham  e’tiqod  erkinligi  va  diniy  bag‘rikenglik  xalqaro  huquq 
himoyasida ekani ta’kidlanadi. Jumladan, 1948 yili qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi»ning 18-moddasida «Har bir inson fikr, vijdon, din va e’tiqod erkinligi xukuqiga 
egadir», deb ta’kidlangan. 1966 yili qabul qilingan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 
xalqaro pakt»da ham «Biror odam ham o‘z ixtiyori bilan o‘z dini va e’tiqodiga ega bo‘lish yoki 
ularni qabul qilish erkini kamsitadigan majburiy xatti-harakatlarga duchor bo‘lmasligi kerak», deb 
ko‘rsatilgan. Bu  esa, diniy bag‘rikenglikning nafaqat  milliy qonunchilik,  balki xalqaro huqukiy 
normalar muhofazasida ekanidan dalolat beradi. 
Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risidagi  huquqiy  meyorlarning  qonunchilikka 
kiritilishi  diyorimizda rasmiy  faoliyat  olib borayotgan barcha din  vakillariga katta imkoniyatlar 
yaratib berdi. Jumladan, mustaqillikkacha  yurtimizda bir necha cherkov va sinagogalar faoliyat 
olib  borgan  bo‘lsa,  qonuniy  asoslar  mustahkamlangach,  dunyoning  turli  mintaqalarida  diniy 


ibodatlarini  amalga  oshiruvchi  yevangellyuteran  jamoasi,  rim-katolik  cherkovi,  «yettinchi  kun 
adventistlari»  diniy  tashkiloti,  bahoiylar,  yahudiylar  diniy  jamoalari  kabi  konfessiyalar  rasmiy 
faoliyat yurita boshladi. 
Hukumatimiz  tomonidan  turli  diniy  tashkilotlarning  o‘z  faoliyatlarini  amalga  oshirish  va 
mamlakat  hayotida  faol  ishtirok  etishi  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratib  berildi.  Jumladan, 
markaziy televideniye orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni 
berib  borishi,  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Imom  Moturidiy  kabi  mashhur  allomalarning 
tavalludiga  bag‘ishlangan  anjumanlarning  keng  ko‘lamda  nishonlanishi  kabi  tadbirlarni  aytib 
o‘tish  o‘rinlidir.  Ayniqsa,  haj  ibodatini  to‘la-to‘kis  va  hamjihat  holda  ado  etish  uchun  barcha 
sharoitlar yaratilgani tahsinga sazovor. 
O‘z  navbatida,  pravoslavlar  uchun  Isroil,  Gretsiya  va  Rossiya,  katoliklar  uchun  Isroil  va 
Italiya, armanlar uchun Isroil va Armaniston, yahudiylar va bahoiylar uchun Isroil, krishnachilar 
uchun Hindiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil 
qilinmoqda. 
Bundan  tashqari,  Prezidentimiz  farmoniga  ko‘ra,  1903  yilda  qurilgan  «Svyataya  Bogo-
roditsa» ibodatxonasining Arman apostol cherkoviga topshirilgani, o‘z vaqtida faoliyati to‘xtatib 
qo‘yilgan  Yevangel-lyuteran  cherkovi  Kirxasining  respublikamizda  istiqomat  qiluvchi 
nemislarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida «Vidergeburt» nemis madaniyat markaziga 
foydalanish uchun qaytarib berilgani va 1996 yilning dekabrida ushbu konfessiyaning yurtimizda 
faoliyat boshlaganining 100 yilligi keng nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimiz isboti bo‘la oladi. 
Shuningdek, xristianlarning «Rojdestvo», «Pasxa», yahudiylarning Rosh-Ashona (Yangi yil), 
Yom-Kipur (Gunoxlardan poklanish bayrami), Pesax (Pasxa), buddaviylar-ning Sagaalgan (yangi yil), 
Donchod-xural (Buddaning tug‘ilgan kuni) kabi bayramlari-ni nishonlash uchun yurtimizda yashovchi 
shu din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. 
Shuningdek, 2001 yil sentabrda Toshkentda o‘tgan Osiyo - Tinch okeani mintaqasi YUNESKO 
«Bagrikenglik  tarmog‘i»ning  ikkinchi  yig‘ilishida  bag‘rikenglik  tamoyillari  o‘zbek  xalqining  urf-
odatlari bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi. 
Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESKO) tomonidan Toshkentning 
islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14-15 avgustda Toshkent va 
Samarkand shaharlarida «O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida 
bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ham mamlakatimizning jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini 
kamol toptirish yo‘lidagi yutuqlari yana bir bor e’tirof etildi. Shuningdek, 2014 yilning 15-16 may 
kunlari  Samarkand  shahrida  «O‘rta  asrlar  Sharq  allomalari  va  mutafakkirlarishshg  tarixiy  merosi, 
uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 
Bugungi kunda xam mamlakatimiz boy tarixiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosni o‘rganish, milliy 
qadriyatlarni  asrab-avaylash  va  targ‘ib  etish,  islomning  ma’rifiy  g‘oyalarini  yoyish  hamda  diniy 
bag‘rikenglikni qaror toptirish va mustahkamlashda butun dunyoga o‘rnak bo‘lmokda. 
Bag‘rikenglikning ziddi «mutaassiblik»dir. Umumiy ma’noda «mutaassiblik» - bu bir g‘oyaning 
to‘g‘riligiga qattiq ishonish va undan o‘zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning 
xavfli jihati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi. 
Terrorizm  butun  dunyoda  tinchlikni  ta’minlash  yo‘lidagi  asosiy  g‘ov,  to‘siqdir.  XX  asrning 
ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o‘zini ochiq namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, turli 
shiorlar  bilan  niqoblangan  terrorizm  mintaqalar  va  mamlakatlar  hayotiga  birdek  tahdid  solmoqda. 
Keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu illatga qarshi kurash butun dunyo uchun 
dolzarb  muammo  bo‘lib  qolmoqda.  Ma’lumotlarga  ko‘ra,  bugun  dunyo  bo‘yicha  500  ga  yaqin 
terrorchilik  tashkilotlari  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Bir  yil  mobaynida  butun  Yer  yuzida  sodir  etilgan 
teraktlar  va  ularning  oqibatida  halok  bo‘lganlarning  soni  bir  necha  o‘n  mingni  tashkil  etishi 
terrorizmning  tinchlik  va  xotirjamlikni  izdan  chiqarishga  qaratilgan  asosiy  tahdidlardan  biriga 
aylanganini ko‘rsatadi. 
Ayni paytda zamonaviy terrorizmning, bir tomondan, tobora shafqatsiz, g‘ayriinsoniy mohiyat, 
ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jo‘g‘rofiy ko‘lam kasb etib borayotganini alohida 
ta’kidlash  lozim.  Hozirgi  vaqtda  har  kuni  dunyoning  u  yoki  bu  burchagida  kimlarnidir  qo‘rquvga 


solish  orqali  muayyan  maqsadlarga  erishishni  ko‘zlagan  qo‘poruvchilik  harakatlari  amalga 
oshirilmoqda. Afsuski, ularning soni muntazam oshib bormoqda. 
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80-yillari boshlarida 
xorijiy  ekstremistik  markazlar  sa’y-harakatlari  bilan  shakllana  boshladi.  Mintaqada  xorijdan 
kelayotgan  moliyaviy  yordam  hisobidan  jangari  sifatida  foydalaniladigan  shaxslarni  tanlash  va 
tayyorlash bilan shug‘ullanadigan guruhlar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka 
erishgan  90-yillarning  boshlarida  esa,  bu  guruhlar  faollashib  ketdi.  Mintaqada  «Hizbut-tahrir», 
«Turkiston islom harakati», «Akromiylar», «Nurchilar» kabi guruhlarning faoliyati kuzatildi. 
Islom asoslarini buzib talqin qilish, ilmsiz, tashqi ta’sirga beriluvchan aholini o‘z talqinidagi diniy 
goyalar bilan zaharlash, o‘zlariga qo‘shilmagan kishilarga, davlatlarga va tuzumlarga nisbatan zo‘ravonlik, 
buzg‘unchilik, qotillik bilan munosabatda bo‘lishni halol deb hisoblash kabi xususiyatlar yuqorida zikr 
etilgan tashkilotlarning barchasiga xosdir. Afsuski, so‘nggi yillarda mazkur guruhlar faoliyati natijasida 
dunyo bo‘ylab har yili 30 mingdan ortiq tinch fuqaro halok bo‘lmoqda. Unlab million aholi o‘z uylarini 
tashlab  ketib,  dunyoning  turli  mamlakatlarida  sarson-u  sargardon  bo‘lishga  majbur  qolmoqda.  BMT 
ma’lumotlariga ko‘ra, bir milliondan ortiq yosh bolalar ochlikdan o‘lish xavfi ostidadir. Ularning aksariyati 
terrorchilik avj olgan, buzg‘unchi guruhlar tomonidan egallab turilgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Bugungi 
kunda  Iroq,  Suriya,  Nigeriya,  Afg‘oniston,  Yaman,  Liviya  hanuz  dunyoning  eng  xatarli  nuqtalari 
hisoblanadi. Tahlilchilarning fikricha, hech qaysi davlat o‘zining terrorchilar xurujidan holi ekaniga 100 
foiz  kafolat  bera  olmaydi.  Jumladan,  2015  yilda  dunyoning  96  mamlakati,  u  yoki  bu  darajada 
terrorchilikdan aziyat chekkan. Mana shunday sharoitda ekstremizm va terrorizm xavfini to‘g‘ri anglab 
yetish,  ularga  qarshi  amaliy  choralar  ko‘rish  -  davr  talabidir.  Shunday  ekan,  Prezidentimiz  Shavkat 
Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, «…yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin