mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda
quyidagi omillar ustuvor ahami-yat kasb etishi lozim. Shu bilan birga, Vatanga sadoqat tuyg‘usini
shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‘otish, milliy qad-riyatlarni hurmat qilish va e’zozlash,
ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash, oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini
ko‘rsatish, mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini
tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, umuminsoniy qadriyatlarning mil-
latlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish
vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‘zaro qarama-qarshi emasligini anglatish,
ma’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlovchi
dalillar kel-tirish, siyosiy va huquqiy madaniyat sog‘lom dunyoqarashning mu-him omili ekanligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish bu boardagi zarur bilimlarni o‘zlashtirishga yordam
beradi.
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmay-di. Shuning uchun ham
mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish
ti-zimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e’tibor qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’-lim
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish kun tartibidagi
eng muhim va jiddiy masalaga aylangan edi. Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha
shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil
olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirda ikki-uch tilda
bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi
va salo-hiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlar misolida ma’naviyat-ning yuksalishini
kuzatish mumkin va tabiiyki, bunday sharoit-da goyaviy tarbiya mezonlari ham davrga
muvofiqlashib boradi.
Dostları ilə paylaş: