O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Ta’lim-tarbiya  tizimida  adabiyot,  san’at,  ommaviy  axborot  vositalari,  ma’naviy-



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Ta’lim-tarbiya  tizimida  adabiyot,  san’at,  ommaviy  axborot  vositalari,  ma’naviy-
madaniy va ma’rifiy muassasalar faoliyatlarini muvofiqlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. 
XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan 
birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning 
samaradorligi bilan belgilanadi.  
Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or 
pedagogik  texnologiyalarni  izchil  joriy  etishga  ko‘p  jihatdan  bog‘liq.  Ta’lim  samaradorligi 
o‘quvchi  bu  jarayonda  qay  darajada  faol  qatnashayotganligi  bilan  belgilanishini  hisobga  olgan 
xolda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy  yondashish 
uchun imkoniyat yaratadi. 
Navqiron avlod  davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan 
oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o‘z 
oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz 
ham  qiyin.  Mana  shu  bois  ham  yoshlar  tarbiyasi,  ularni  barkamol  insonlar  etib  shakllantirish, 
voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir. 
Ajdodlarimizning  yaratuvchanligi  shaxs  manfaatlariga  qaratilgan  bo‘lsa,  ayni  vaqtda 
mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat 
qilishi  ko‘zda  tutilgan.  Zamonaviy  ta’lim-tarbiya  tizimi  va  milliy  meros  asosidagi  g‘oyaviy 
uyg‘unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish 
zarurligini  ham  anglatadi.  Shu  jihatdan  olib  qaraganda  o‘tmish  allomalari,  mutafakkirlarining 
ma’naviy  meroslarini  yosh  avlodning  tarbiyasidagi  ahamiyati  bugungi  kunda  ham  g‘oyat 
beqiyosdir.  
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va 
tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yili maxsus 
qaror  qabul  qilindi.  Bundan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad  yangi  axborot  markazlarini  barpo  etish, 
mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‘ini tubdan takomillashtirish edi.  
Mazkur  qarorda  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  muassasalari  hamda  ko‘p  sonli    umumta’lim 
maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi.  


Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:  
 
ta’lim  muassasalari  o‘quvchilari  hamda  aholining  zamonaviy  axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda talim 
olishiga ko‘maklashish;  
 
milliy  ma’naviy-axloqiy  qadriyatlarni  keng  ko‘lamda  targ‘ib  qilish, 
xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va 
uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish; 
 
yangi  axborot  texnologiyalari  (ma’lumotlar  elektron  bazalari,  internet 
resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish; 
 
madaniy,  ta’lim,  axborot  hamda  boshqa  dastur  va  loyihalarni  birgalikda 
amalga  oshirish  uchun  ta’lim  muassasalari,  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari, 
milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.  
Adabiyot  va  san’at.  Bu  sohada  ijod  ahlining  g‘oyaviy-badiiy  salohiyatini  komil  inson 
tarbiyasiga yo‘naltirish ustuvor yo‘nalish bo‘lishi darkor.  
Ijodkorlarni murakkab va shonli tariximizning yorqin sahifalarini, bugungi hayot voqeligini, 
olijanob  orzu-umidlarimizni  aks  ettiradigan  adabiyot,  kino,  musiqa  va  tasviriy  san’at  asarlarini 
yaratishga  har  tomonlama  rag‘batlantirish.  yoshlarga  ibrat  bo‘ladigan  barkamol  insonlar, 
zamonaviy qahramonlar timsolini barpo etish.  
Milliy  g‘oyani  tarannum  etishga,  istiqlol  mafkurasiga  zid  g‘oyalarning  zararli  mohiyatini 
ochib  berishga  ayniqsa  e’tiborni  kuchaytirish  zarur.  Hayot  va  ijoddagi  mahdudlik  hamda  fikr 
qashshoqligiga  qarshi  kurashish,  bahs-munozara,  tanqid  va  tahlillar  orqali  mafkura  muhitining 
sog‘lom bo‘lishiga erishish.  
Din. Eng nozik va murakkab bo‘lgan bu sohada, avvalo, din ma’naviyat va madaniyatning 
ustunlaridan biri ekanini, barcha zamonlarda milliy g‘oya va mafkura diniy qarashlar bilan uyg‘un 
rivojlanishini  nazarda  tutish  lozim.  Din  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  poklik,  mehr-oqibat  kabi  ezgu 
tuyg‘ular  orqali  milliy  istiqlol  mafkurasining  g‘oyalarini  yurtdoshlarimiz  qalbi  va  ongiga 
singdiradi. Muqaddas dinimiz sog‘lom va mo‘tadil munosabatni shakllantirish - bu boradagi eng 
muhim mafkuraviy vazifadir
60

Asrlar  mobaynida  shakllangan,  avloddan  avlodga  bebaho  meros  sifatida  o‘tib  kelayotgan 
urf-odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy  g‘oyalarini singdirishda muhim 
omil  bo‘ladi.  Xususan,  Mustaqillik,  Navro‘z,  O‘qituvchilar  va  murabbiylar,  Xotira  va  qadrlash 
kuni kabi yangi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish  
yo‘lida  oqilona    foydalanish  zarur.  Bugungi  kunda  urf-odat  va  an’analarimizning  jamiyatni 
birlashtiruvchi xususiyatlaridan yanada to‘liqroq flydalanish lozim.  
Milliy  an’analarni  o‘rganish,  targ‘ib  etish  bilan  bir  qatorda  to‘y-marakalarni,  odat  va 
udumlarni  ixchamlashtirish,  bu  borada  isrofgarchilik  va  dabdababozlikka  yo‘l  qo‘ymaslikka 
alohida e’tibor qaratish darkor.  

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin