O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Davlat, nodavlat tashkilotlarning o‘rni. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga
o‘tish» g‘oyasini bugun amalga oshirish ma’lim ma’noda mafkuraviy ishlarimizning qat’iy tizimi
doirasiga bog‘liq. Shuningdek, o‘qitish texnologiyasi, darslik, ijtimoiy fan salohiyatiga, ularni
amalga oshirish omillariga bog‘liq.
Siyosiy partiyalar - o‘z faoliyati bilan fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilmaxilligiga
asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g‘oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda har bir partiya o‘z dasturiy qarash va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun
barcha huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega. Har bir partiyaning o‘z dasturiy g‘oyalarini
hayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi
siyosiy hayotning bosh mezonidir. Chunki xalq manfaatlari, istiqlol g‘oyalari, qaysi siyosiy va
mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat tashkilotlar mafkuraviy
jarayonlarda ham faol ishtirok etishi lozim.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bu boradagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirib
borishi, Inson huquqlari milliy markazi, Ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila ilmiy markazi,
Faylasuflar milliy jamiyati, O‘zbekiston Faylasuflari jamiyati, Ijtimoiy fikr markazi kabi
tashkilotlar o‘z faoliyatini milliy istiqlol mafkurasi bilan uyg‘un holda tashkil etishi maqsadga
muvofiqdir.
Shuningdek, milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishga moddiy, texnikaviy va
ma’rifiy jihatdan ko‘mak beradigan «Sog‘lom avlod», «Kamolot», «Umid», «Ulug‘bek», «Oltin
meros», «Amir Temur», «Imom Buxoriy», «Ustoz», «Mahalla», «Iste’dod» jamg‘armalari va
boshqa jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish zarur.
Demak, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish sohalari va yo‘nalishlari xilmaxil
bo‘lib, ulardan samarali va to‘g‘ri, o‘rinli foydalanishni talab etadi. Mafkura har qanday jamiyat
hayotida zarur va muhimdir. Mafkura bo‘lmasa xalq, millat, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi
muqarrar. Mafkura jamiyat, xalq va millatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotiga maqsad
va yo‘nalish beradi. Milliy g‘oya, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda:
1) Nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan
to‘la foydalanish zarur.
2) Mustaqillikni mustahkamlab, ma’naviy, ma’rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada
jadallashtirish, yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib, yagona
maqsad yo‘lida safarbar etishni taqozo etadi. Ayniqsa fuqarolarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan
va tuzilgan ma’naviyat va ma’rifat Respublika Kengashi targ‘ibot-tashviqot ishlarini uzluksiz olib
borishni davr taqozo etmoqda.
3) Maktablar, litseylar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida bevosita ma’naviyat masalalari bilan
shug‘ullanadigan mutassaddi mutaxassislar lavozimlarini joriy etib, ular hayotini yanada
faollashtirish lozim.
4) Oila, mahalla, umumiy o‘rta, umumiy maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari
muassasalar, oliy ta’lim tizimida bolalar, o‘smirlar, talaba yoshlar ongini yuksaltirish, ularni ijodiy
ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli xil tashkilot va to‘garaklar tuzish, ongni
fikrlashga o‘rgatish, ularning tafakkurida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
67
Milliy istiqlоl g’оyasining asоsiy maqsad va vazifalari. -T.:«Ijоd dunyosi» nashriyot uyi, 2002. –B. 9.