O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Ma’naviy-ma’rifiy  muassasalar.  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  «Jamiyat 
taraqqiyotining asosi, - degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch - 
ma’rifatdir»
61
. «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir». 
Qadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar»ga alohida 
e’tibor  berilgan.  yosh  avlodni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy  milliy  madaniy-
tarixiy  an’analariga,  urf-odatlari  hamda  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  samarali 
tashkiliy,  pedagogik  shakl  va  vositalari  ishlab  chiqilib,  amaliyotga  joriy  etiladi.  Shaxsni 
tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi
62. 
Umumiy hamda 
pedagogik  madaniyatni  oshirish  maqsadida,  mamlakat  aholisi  orasidagi  ma’rifiy  ishlar 
takomillashtirilib boriladi.  
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor 
ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga 
                                                 
60
 Milliy istiqlоl g’оyasi: asоsiy tushuncha va tamоyillar. -T.: «O’zbеkistоn», 2000, 62-69–bеtlar.  
61
 Karimоv I.A. Biz kеlajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. T.: «O’zbеkistоn», 1999, 135, 146–bеtlar.   
62
 Barkamоl avlоd – O’zbеkistоn taraqqiyotining pоydеvоri. –T.: «SHarq», 1997, 55- bеt.  


olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan  o‘z manfaati yo‘lida  foydalanishga 
intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.  
Shu ma’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan 
har  bir  inson,  avvalo,  unib-o‘sib  kelayotgan  yangi  avlodning  har  tomonlama  barkamol,  irodasi 
baquvvat,  iymoni  butun  bo‘lib  voyaga  yetishi  uchun  keng  jamoatshilik  va  aholimiz  o‘rtasida 
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‘tarishning ahamiyati beqiyosdir».  
1999  yil  3  sentabrda  tuzilgan  «Respublika  ma’naviyat  va  ma’rifat  kengishini  qo‘llab-
quvvatlash  to‘g‘risida»gi  Prezident  Farmonida  kengashning  asosiy  maqsadi  ham  -  «Jaholatga 
qarshi ma’rifat» g‘oyasiga tayangan holda o‘zbek xalqining ongini va qalbini mustabid o‘tmish 
asoratlaridan forig‘ etish, barkamol avlod, komil insonni kamol toptirishdan iborat qilib qo‘yildi. 
«Biz barcha mamlakatlarda bo‘lganidek, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish tarafdorimiz»,  - 
degan edi Yurtboshimiz. (Karimov I.A. Asarlar. 8 - tom, 24 - bet).  
Demak, madaniyat va madaniy - ma’rifiy muassasalar mafkurani shakllantirish va xalqimiz 
ongiga singdirishda  katta imkoniyatlarga ega. Bunda  kutubxona, teatr, klublar, madaniyat uylari 
va  saroylari,  istirohat  bog‘lari,  muzeylar  va  boshqa  muassasalar  faoliyatidan  keng  foydalanish, 
kishilar  dunyoqarishini  yuksaltiradigan,  odamlarga  ruhiy-ma’naviy  oziq  beradigan  tadbirlar 
majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.  
Bu  dargohlarda  turli  anjumanlar,  davra  suhbatlari,  bahs-munozaralar,  uchrashuvlar 
uyushtirish,  milliy  istiqlol  mafkurasining  mazmun-mohiyatini  har  bir  ijtimoiy  qatlamga  
tushunarli tarzda izohlab beradigan qo‘llanma va tavsiyalar tayyorlash ayniqsa muhim.  
Madaniy-ma’rifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy san’at, chinakam  badiiy  go‘zallik ruhida 
tarbiyalash maskanlari bo‘lmog‘i lozim.  
Madaniyat  va  san’at  sohalari  faoliyatining  butunlay  tijorat    asosida  tashkil  etilishiga, 
g‘oyaviy-badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yot asarlarning yetakchi o‘rinni egallab 
olishga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega.  
Turmushimizni  ommaviy  axborot  vositalarisiz,  xususan  radio,  televideniye,  gazeta, 
jurnallarsiz tasavvur qilish qiyin. Odamlarni butun dunyoda ro‘y berayotgan murakkab ijtimoiy-
siyosiy  jarayonlardan,  yurtimizda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlardan  xabardor  qilish,  hozirgi 
kunning  dolzarb  muammolari  bo‘yicha  jamoatchilik  fikrini  bilish  va  shakllantirish,  ma’naviy-
mafkuraviy  o‘zgarishlarni,  ma’rifatni  yetkazish  matbuot  xodimlarining  muhim  burchi 
hisoblanadi. 
Shu  o‘rinda  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  milliy  g‘oyani  shakllantirishda,  uning  asosiy 
xususiyatlari, tamoyillarini xalkimizga atroflicha tushuntirishda va milliy istiqlol g‘oyasini, uning 
asl mohiyatini yoritish va ularni yoshlarga yetkazishda matbuotning o‘rni juda kattadir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin