O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 Xalq bilan muloqot - mamlakatning strategik istiqbolini belgilash vositasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

1.4. Xalq bilan muloqot - mamlakatning strategik istiqbolini belgilash vositasi. Har bir 
katta va kichik mutasaddi rahbar uchun xalq bilan muloqot qilish shunchalik salom-alik, tani-shish, 
eshitishdan iborat bo‘lmasdan, balki muloqot chog‘ida ko‘taril-gan masalani joyida hal etishdan 
iborat  bo‘lmog‘i  darkor.  Buning  isbotini  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  tomonidan  olib 
borilayotgan amaliy ishlar misolida ko‘rish mumkin. 
Xalq  bilan muloqot  qilish orqali, xalqning dilidagi  orzu-istaklarini amalga oshirish uchun 
qisqa muddat ichida quyidagi ishlar bajarilmokda. 
1.Uzbekistonni  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  2017—2021  yil-larga  muljallangan 
Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va u aniq dasturlar asosida amalga oshirilmokda. 
2.Xalqning zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish 
uchun mamlakatimizning barcha hududlarida arzon uy-joy qurilishlari boshlab yuborildi. 
3.Aholining eng katta boyligi, uning salomatligini saqlash bo‘-yicha sog‘liqni saqlash tizimi 
tubdan isloh qilinmokda. 
4.Mamlakatning  iqtisodiy  qudratini  oshirish  borasida  katta  in-vestitsion  loyihalar  asosida 
bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmokda. 
5.Mamlakatda  ishsizlikni  tugatish  uchun  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  hech 
qanday  byurokratik  to‘sikdarsiz  tashkil  etish  har  tomonlama  kafolatlandi  va  ularga  yetarlicha 
kreditlar berish yo‘lga qo‘yildi. 
6.Aholining tomorqa xo‘jaligidan o‘zini-o‘zi boqishi uchun unum-li foydalanishi bo‘yicha 
chora-tadbirlar ko‘rilmokda. 
7.Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. 
8.Huquqbuzarlik  va  jinoyatchilikning  oldini  olish  bo‘yicha  hukuqni  muhofaza  qiluvchi 
organlar  tizimi  o‘zgartilmoqda.  Ayniqsa,  adolatli  sudlovni  yo‘lga  qo‘yish  bo‘yicha  katta  ishlar 
amalga oshirilmokda. 
9.Fuqaroligi bo‘lmaganlarni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish masalasi  o‘z yechimini 
topmokda. 
10.Yoshlarni  g‘oyaviy-mafkuraviy  tarbiyalash  ishiga  yongicha  yondashuv  konsepsiyasi 
yaratilib,uni amalga oshirish ishlari davlat siyosati darajasida olib borilmokda. 
Mantiqan  olib  qaraganda  xalq  bilan  muloqot  qilish  natijasida,  ularning  ishonchini  oqlash 
uchun  qilinayotgan  barcha  ishlar  mamlakatimizning  kelgusidagi  istiqbollarini  belgilashning 
strategik vositasi hisoblanadi. 
Ushbu  taktik  va  strategik  ahamiyatga  molik  bo‘lgan  narsalarni  bajarishda  O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning 
muroja-atlari  bilan  ishlash  tizimini  tubdan  takomillashtirishga  doyr  chora-tadbirlar  to‘g‘risida” 
Farmoniga muvofiq: 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin