qabulxona) tuzilishi alohida ahamiyat kasb etmokda.
Tashkil etilgan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib
quyidagilar belgilandi:
-
aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning
huquq va erkinliklari hamda qonuniy man-faatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan,
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali
tizimi gLaoliyatini ta’minlash;
-
fuqarolarning Uzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Uzbekiston
Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, hukuqni
muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat
tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy
hukuqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi
uchun sharoitlar yaratish;
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy amal qilgan
holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib
chiqilishini tashkil etish;
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat
organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan
tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
-
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillari-ning kabullarini davlat organlari va
xo‘jalik
boshqaruvi
organlarining
mansabdor
shaxslari
ishtirokida,
shu
jumladan,
videokonferensaloqa orqali o‘tkazish;
-
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd
etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha
yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.
Dostları ilə paylaş: